Parana (shtat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Parana
port. Paraná

Gerb
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Mamlakat Braziliya
Maqomi Braziliya shtati
Maʼmuriy markazi Kuritiba
Aholi (2010) 10 444 526 kishi
Zichligi 52,40 kishi./km²
Maydoni 199 316,7 km² (15-oʻrin)
Parana xaritada
Parana, Xarita
Soat mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-PR
pr.gov.br Rasmiy sayti
Koordinatalari: 24°0′S 51°0′W / 24.000°S 51.000°W / -24.000; -51.000

Parana — Braziliyaning jan. qismidagi shtat. Maydoni 199,7 ming km². Axrlisi 9,5 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kuritiba shahri Yirik shaharlari — Paranagua, Ponta-Grosa, Londri-na. Hududining katta qismi pastroq platodan (balandligi 400–900 m) iborat, uning sharqiy qismini Serradu—Map tizmalari (eng baland joyi 1889 m) egallagan. Ikdimi tropik, oʻrtacha oylik temperaturalar 14—19° dan 20-25°gacha. Yillik yogʻin 1500–2000 mm.

Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Shim. va shim.-gʻarbida kofe plantatsiyalari mavjud. Shuningdek, paxta, shakarqamish ekiladi, apelsin, ananas yetishtiriladi. Shtat jan.da kartoshka, makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa ekiladi. Chorvachilik rivojlangan: qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. P. — muhim oʻrmonchilik r-ni: yogʻoch va sellyulozaqogʻoz sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, rangli metall (oltin, kumush, qoʻrgʻoshin) eritiladi. Foydali qazilmalardan qoʻrgʻoshin, temir ruda-si, toshkoʻmir qazib olinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil