Kundal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kundal — 1) amaliy bezak sanʼatida boʻrtma bezak yaratish usuli; shu usulda yaratilgan bezak (vaqsh) ham K. deb ataladi. Meʼmorlikda bezatilayotgan sath (devor)ga qizil kesak loy bir necha marta surtilib, boʻrtma shakl hosil qilinadi, soʻng moʻyqalam bilan bezak shakl boʻyoq va zarhal qoplab boʻyaladi; shuningdek, oltin plastinka (yap-rokcha)lar qoplab ishlangan boʻrtma vaqshlar ham K. deb ataladi. 14—15-asrlarda binolarni bezashda K. usulidan foydalanilgan. Mas, Samarqand (Bogʻi Dilkusho, Amir Temur maqbarasi va boshqalar), Buxoro (Baland masjid va boshqalar)dagi binolarda K.ning jozibador namunalari saqlangan. Hozirgi meʼmorlikdagi sharqova bezaklarda ham K. keng qoʻllanadi. K. kashtadoʻzlik (jumladan, zardoʻzlik)da bezatilayotgan buyum sirtiga toʻshama (mato, karton va boshqalar) qoʻ-yib, ustidan ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib hosil qilinadi; 2) zar ip qoʻshib toʻqilgan qimmatbaho shoyi mato; gullari xilma-xil va rang-barang; ushbu matodan tayyorlangan liboslar ham K. deb atalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil