Nozim Husanov
| Nozim Bahtiyorovich Husanov | |
|---|---|
| Fayl:NozimHusanov1.jpg | |
|
Mansab davri 2023-yil – 2023-yil 11-aprel[1] | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
|
Mansab davri 2019-yil 19-sentabr – 2022-yil | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Sherzod Qudbiyev |
|
Mansab davri 2018-yil – 2019-yil | |
| Hokim | Jahongir Ortiqxoʻjayev |
| Oʻtmishdoshi | Bahtiyor Sultonovich Raxmonov |
| Vorisi | Bahtiyor Shomurodov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
19-sentyabr 1979-yil Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbek SSR |
| Mukofotlari |
|
Nozim Bahtiyorovich Husanov (1976-yil, 19-sentabr; Zangiota tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik davlat arbobi, 2019—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri. 2023-yil boshidan 2023-yil 11-aprelga qadar Kambagʻallikni qisqartirish va mehnat vaziri oʻrinbosari[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nozim Husanov 1976-yil Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yilda – Toshkent avtomobil yoʻllar institutini, 2002-yilda – Toshkent moliya institutini tamomlagan[2], 2007-yilda – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat faoliyatini 1997-yilda „Saʼdilla“ jamoa korxonasi buxgalteri sifatida boshlagan, soʻngra bosh buxgalteri lavozimiga tayinlanadi. 1998-yildan „Tadbirkorbank“ aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati boshqarmasi mutaxassisi lavozimiga tayinlanadi. 1999-yildan banknkng Toshkent viloyati Keles boʻlimi bosh mutaxassisi, soʻngra boshqaruvchi oʻrinbosari, 2002-yildan boshlab esa boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, bank amaliyot boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2004-yildan Toshkent shahar Markaziy bank bosh boshqarmasi emissiya-kassa amaliyoti boshqarmasi boshligʻi, Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari sifatida ishladi. 2005-yili Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki emissiya-kassa operasiyalari departamenti direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi[3]. 2010-yilda Toshkent viloyati Markaziy banki bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2011-yilda – Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari boʻlib ishlaydi[4]. 2013-yildan esa Oʻzbekiston milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanadi. 2014—2016-yillarda „Mikrokreditbank“ boshqaruv raisi boʻlib ishlagan. 2016-yilda Toshkent shahar hokimiligiga õtib, u yerda hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2017-yilda hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlaydi. 2018-yilda Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi[5]. 2019-yil 12-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlandi[6].
Xorijiy mamlakatlarga tashriflar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nozim Husanov 2021-yilda Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurib, Moskva shahrida Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Anton Kotyakov bilan uchrashuv oʻtkazgan[7]. Uchrashuvda Oʻzbekistonlik migrantlarni ishga yollash tartibini soddalashtirish masalalari muhokama qilingan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Nozim Husanov vazir o‘rinbosarligidan ketdi“. Qaraldi: 13-yanvar.
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2017/01/26/first-deputy-hokim/
- ↑ https://mehnat.uz/oz/employees
- ↑ https://uz.sputniknews.ru/20190912/Chto-izvestno-o-novom-ministre-truda-Uzbekistana-12408047.html
- ↑ https://kun.uz/ru/85048495
- ↑ https://podrobno.uz/cat/obchestvo/novym-glavoy-mintruda-stal-nozim-khusanov-/
- ↑ „Министры труда Узбекистана и России наметили совместные планы по расширению двустороннего сотрудничества“. mehnat.uz. Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
- ↑ „В России упростят процедуру найма мигрантов на работу“ (2022-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.

