Kontent qismiga oʻtish

Laqab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laqab — 1) shaxsning koʻrinishi, qiligʻi, mashgʻuloti yoki biror xususiyatiga qarab beriladigan ikkinchi nom. Masalan, Joʻra Pason, Olim Tashvish, Zokir Sovuq, Abdulla Xoʻroz kabi nomlarning ikkinchi qismi laqabdir. Odatda, Laqab ishlatilish oʻrni va maqsadiga qarab ijobiy yoki salbiy maʼnoga ega boʻladi. Adabiy asarlarda badiiy vosita sifatida ham qoʻllanadi. Yozuvchi va shoirning bundan maqsadi personaj yoki obrazning muayyan tomondan boʻrttirish, uning biron xususiyatini rivojlantirish, qaytariqlardan qochish va asar tilini rang-barang qilishdir. Laqabning baʼzilari adabiyotda umumlashib ketgan. Masalan, Majnun (telba) Qaysning, Koʻhkan (togʻ qazar) Farhodning laqabidir; 2) mumtoz adabiyot davrida taxallus maʼnosida qoʻllangan soʻz. Masalan, Navoiy asarlarida oʻzi haqida "al-mulaqab bin-Navoiy" ("Navoiy deb laqab olgan") deydi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil