Hims

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hims — Suriyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Hims muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 558 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari chorrahasi. H. orqali Iroq va Suriyaning neft konlaridan Tartus va Baniyos portlariga quvurlar, damashq, Halab va Latakiyaga oziq-ovqat quvurlari oʻtkazilgan. Neftni qayta ishlash, kimyo, poʻlat prokati, se-ment, shakarqand, toʻqimachilik va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligi (hoʻl meva, don, chorvachilik) rayonining savdo markazi. Oʻrta asrlarda qurilgan devor qoldiqlari, Nuriddin masjidi (12-asr) va boshqa meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.