669-yilda Hasan vafot etgandan keyin Ali tarafdorlari uni oʻz rahbari deb eʼlon qilgan. 680-yil xalifa Muoviya oʻlgandan keyin Iroqdaumaviylarga qarshi harakat faollashgan. Husayn Yazidgabayʼat qilishdan bosh tortgan. Kufa shialari Husaynni oʻzlarining imomi deb tan olib, Kufaga taklif etgan va xalifa Yazidga qarshi qoʻzgʻolonga bosh boʻlishni soʻragan. Husayn MakkadanKufaga joʻnaydi. 70 jangchisi bilan Kufaga yaqin Karbalo dashtiga yetib kelganida 4 ming kishilik xalifa Yazid qoʻshinlari unga qarshi chiqqan. 680-yil 10-oktyabr kuni Husayn jangda shahid boʻlgan, jasadi oʻsha yerga dafn etilgan. Shu munosabat bilan Karbalo shialarning asosiy muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Husayn halok boʻlgan sana shialarda motam kuni sifatida nishonlanadi (qarang Ashuro).