Kontent qismiga oʻtish

Oltoy Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Xatoni tuzatdim
Tahrir izohi yoʻq
(Xatoni tuzatdim)
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali
Tabiati. Oltoy Respublikasi Oltoyning baland togʻli jan. qismini egallaydi. Respublikada Oltoyning eng bal. nuqtasi — Beluxa togʻi (4506 m) joylashgan. Togʻ tizmalari (Katun, Kuray, Shim. va Jan. Chuya) oraligʻida chuqur vodiylar yoki keng soylik ("dasht")lar bor. Iklimi keskin kontinental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —12° dan —32° gacha, iyulniki 9—18°. Yillik yogʻin 100 mm dan 1000 mm gacha. Daryolari: Biya va Katun. Ularning gidroenergiya zahirasi katta. Biya daryosida yogʻoch oqiziladi. Yirik koʻli — Telets (Oltinkoʻl). Tuprogʻi qora va togʻ-podzol tuproq. Hududining 25% oʻrmon. Oʻrmondan yuqorida subalp va alp oʻtloklari bor. Yirik soyliklarda togʻdasht yoki chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Togʻ echkisi, qoplon, ayiq, boʻri, los, xoldor bugʻu, kulrang sugʻur, uzun dumli yumronqoziq, tiyin, sobol; qushlardan turna, karqur, pishchuxa, qur, chil, oq va tundra kakligi yashaydi. Telets koʻli atrofida Oltoy va Katun qoʻriqxonalari tashkil etilgan. Chemal togʻ-iqlimiy kurorti mashhur. Telets koʻlida turizm rivojlangan.
 
Aholisi oltoylar (31%), ruslar (60,4%), qazaqlarqоzоqlar (5,6%), ukrainlar va boshqa Shahar aholisi 27%.
 
Tarixi. O. hududida qadimdan odam yashagan. Quyi va yuqori paleolit davrlariga oid manzilgohlar (Ulalinka, U-Kan) topilgan. Bu yerlardan hunnlar, turk qabilalari, uygʻurlar, Enasoy qirgʻizlari, qoraxitoylar, moʻgʻullar oʻtgan. 13-asr boshlarida O. hududi Moʻgʻullar davlatiga tobe boʻlgan. 1756 yilda oltoylar Rossiya fuqaroligiga olingan. Aholi chor-vachilik, ovchilik bilan shugʻullangan. 1918 yil yanvar— martda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yil iyunida oq gvardiyachilar qoʻliga oʻtdi. 1920 yil aprelda shoʻrolar hokimiyati qayta tiklandi. 1922 yil 1 iyunda RSFSR tarkibida Oyrot mux-tor viloyati tashkil etildi. 1948 yil 7 yanvarda u Togʻli Oltoy muxtor viloyatiga aylantirildi, uning markazi — Oyrot-Tura shahri esa, Gorno-Altaysk deb ataldi. 1991 yilda respublika maqomini oldi va 1992 yil maydan O. Respublikasi deb atala boshladi.
Anonim foydalanuvchi