Yoʻlbars: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tim124865 (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Tim124865 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Qator 79: Qator 79:
Evropa tasviriy sanatida ham yo'lbarslar tez-tez uchraydi, masalan, [[Delakrua Ferdinand Viktor Ejen|Delakrua]]<nowiki/>ning ov sahnalarida va [[Piter Pol Rubens]]<nowiki/>ning "Yo'lbarslar ovi" (1618) rasmida.
Evropa tasviriy sanatida ham yo'lbarslar tez-tez uchraydi, masalan, [[Delakrua Ferdinand Viktor Ejen|Delakrua]]<nowiki/>ning ov sahnalarida va [[Piter Pol Rubens]]<nowiki/>ning "Yo'lbarslar ovi" (1618) rasmida.


Peter_Paul_Rubens_110.jpg
[[File: Peter_Paul_Rubens_110.jpg]]




== Manbalar ==
== Manbalar ==

21-Iyul 2023, 16:59 dagi koʻrinishi

Yoʻlbars
Bengal yoʻlbarsining urgʻochisi Kanha milliy bogʻida, Hindiston
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Urugʻ: Panthera tigris
Tur: Tigris
Yoʻlbarslarning yashash hududi
Yoʻlbarslarning yashash hududi
Ostturlar
  • P. t. tigris, populyatsiyalari:
    • Amur yoʻlbarsi
    • Bengal yoʻlbarsi
    • Hindixitoy yo'lbarsi
    • Malay yo'lbarsi
    • Xitoy yo'lbarsi
    • Turon yo'lbarsi
  • P. t. sondaica, populyatsiyalari:
    • Sumatra yo'lbarsi
    • Bali yo'lbarsi
    • Java yo'lbarsi
Sinonimlari
  • Felis tigris
  • Felis virgata (1815)
  • Tigris regalis (1867)
  • Tigris striatus (1858)

Yoʻlbars (lot. Panthera tigris) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Yirik mushuksimonlar (lot. Panthera) urugʻiga kiruvchi beshta turdan biri. Shu oilaning eng yirik vakili. Yo'lbars umuman quruqlikdagi eng yirik yirtqichlardan biri, vazni bo'yicha faqat oq ayiq va qoʻngʻir ayiqdan kichik. Yo'lbarsning ikkta zamonaviy ostturi aniqlab ajratilgan. Bu ikki osttur to'qqizta populyatsiyani o'z ichiga oladi. XXI asr boshiga faqat oltitasi saqlanib qolgan. Yolbarslarning umumiy soni 2600-3900 boshdan iborat[1]. Bengal yo'lbarsi populyatsiyasi eng ko'p boshdan iborat, yo'lbarslarning umumiy populyatsiyasing 40% tashkil qiladi.

XX asrda Tabiat va tabiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi qizil kitobiga kiritildi. Shu bilan bir qatorda turli davlatlar qizil kitobiga va himoya hujjatlariga kiritilgan. 2020-yil holatiga ko'ra yo'lbarslarni butun dunyoda ovlash taqiqlangan.

O'rganish tarixi

Yo'lbarsalga birinchi bo'lib, Felis tigris nomi ostida, Carl Linney tomonidan uning Systema Naturæ asarida tarif berilgan. Keyinchalik 1858-yilda rus tabiatshunosi Nikolay Severtsov ushbu turga Tigris striatus nomi ostida tarif beradi. 1867-yilda britaniyalik zoolog Jorj Grey Tigris regalist nomi ostida tarif beradi. 1929-yildan boshlab yo'lbarslarni katta mushuklar (lot. Panthera) urug'iga oid deb qolanila boshlandi.

Tashqi ko'rinishi

Tanasining uzunligi 160-290 sm (baʼzan 3 m dan ortiq), dumi 114 sm gacha, vazni 390 kg gacha. Boshi yumaloq, mallarang, tanasining orqa va yon tomonlarida koʻndalang qora yoʻllari boʻladi[2].

Tarqalishi

Yo'lbar — faqat Osiyoda tarqalgan tur. Yo'lbarsning tarixiy areali Uzoq Sharq, Eron, Afg'oniston, Xitoy, Hindiston, Janubi-Sharqiy Osiyoda hamda Zond orollarida tarqalgan. Hozirda ushbu hududlarning katta qismida yo'lbarslar qirib tashlangan. Yirik populyatsiyalari Hindiston va Hindixitoy yarim orolidada saqlanib qolgan. Rossiyaning Primorye va Xabarovsk o'lkalarida kichik populyatsiyasi mavjud. Faqatgina 1995 va 2005-yillar oralig'ida Osiyoda yo'lbarslarning areali 40% kamaygan. Bugungi kunda yo'lbarslar tarixiy arealing atigi 7% egallashadi[3].

Hozirgi vaqtda yo'lbarslar 14 davlat hududida saqlanib qolgan — Bangladesh, Butan, Vyetnam, Hindiston, Indoneziya, Kambodja, Pokiston, Xitoy, Laos, Malayziya, Myanma, Nepal, Rossiya, Tailand[4]

Yo'lbarslar turli xil landshaftlarda yashashadi: sernam tropik o'rmonlar, babmbuk o'rmonlari, savvanalar, chalacho'llar, toʻqaylar, qalin qamishzor va togʻ oʻrmonlarida, shimolda tayga o'rmonlarida yashaydi.Tog'larda dengiz sathidan 3000 metr balandliggacha ko'tariladi.

Ostturlari

Yo'lbarsning ikkta zamonaviy ostturi aniqlab ajratilgan. Bu ikki osttur oltita zamonaviy populyatsiyani va uchta tarixiy davrda qirilib ketgan populyatsiyalarni o'z ichiga oladi. Bunday tasnif 2015-yilda taklif qilingan va 2017-yilda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkiloti bir gruh mutaxasislari tomonidan qabul qilingan[3]. Bundan oldin har to'qqiz populyatsiya alohida osstur deb hisoblangan.

  • Panthera tigris tigris yo'lbarslarning ostturi, Osiyo qit'asida tarqalgan. Quyidagi populyatsiyalarni o'z ichiga oladi:
    • Amur yo'lbarsi — shuningdek Sibir yo'lbarsi, Manjur yo'lbarsi, Shimoliy-xitoy yo'lbarsi sifatida ma'lum. Asosan Primorye va Xabarovs o'lkalarida, Amur va Yahudiylar muxtor viloyatida, juda oz qismi Xitoyning shimoli-sharqida tarqalgan. Shimoliy Koreyada katta ehtimollik bilan uchrashi mumkin. 1996 va 2005[5] yillarda o'tkazilgan hisobda 480-520 bosh amur yo'lbarslari tabiatda yashashi aniqlangan. Ushbu populyatsiyaga turning eng eng yirik vakillari tegishli, 6 oylik yo'lbars bolasi bo'y va vazni bo'yicha voyaga yetgan qoplonga teng keladi. Populyatsiya qolganlardan qalin yungi, chiziqlarning kamligi, malla rangning ochroqligi bilan farq qiladi.
    • Bengal yo'lbarsiBangladesh, Butan, Hindiston, Nepal, Pokiston va Myanmada tarqalgan. Turli xil landshaftlarda yashaydi: sernam tropik o'rmonlardan tortib, quruq savannalar va botqoqli mangra o'rmonlarigacha. Populyatsiyang asosiy qismi Pokiston, Hindiston, Nepal va Bangladesh hududida joylashgan Hind-Ganga tekislikida tarqalgan. Hindiston hukumati ma'lumotlariga ko'ra bu populyatsiya 3100 — 4500 boshdan iborat, taxminan 3000tasi Hindiston hudida tarqalgan[6]. Ayrim hind olimlari tomonidan bu ma'lumotlar shubxa ostiga qo'yilgan va yo'lbarslarning soni 2000tadan oshmasligi aytilmoqda[7]. Bu populyatsiya soni bo'yicha eng ko'p bo'lishiga qaramay, yo'qolib ketish xavfi mavjud. Asosan brakonyerlik va tabiiy yashash muhiting buzilishi bunga sabab. Masalan Hindistonda joylashgan Sariska Milliy Bog'ida barcha yo'lbarslar brakonyerlik sababli yo'qolib ketgan[8][9]. Bengal yo'lbarsining erkagi o'rtacha 205 killogramdan 227 killogramgacha, urg'ochisi o'rtacha 140 —150 killogram. Hindiston shimoli va Nepalda tarqalgan yo'lbarslar janubdagi qardoshlaridan kattaroq, erkaklar o'rtacha 235 killogram og'irlikda.
    • Hindixitoy yo'lbarsi — shuningdek Korbet yo'lbarsi nomi bilan ma'lum. Vyetnam, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Tailand va Xitoyning janubiy qismida tarqalgan. Ushbu populyatsiya soni yurli manbalarda 1200 —1800 oralig'ida keltiriladi. Lekin pastki ko'rsatgich haqiqatga yaqinroq deb tan olinadi. Malayziyada brokonyerlikga qarshi mahalliy qonunlarning amalga oshirilishi sababli, bu mamlakatda yo'lbarslarning eng yirik populyatsiyasi yashaydi. Lekin bu yerda ham yo'lbarslar populyatsiyasi arelning qismlanishi va inbriding sababli xavf ostida qolmoqda. Vyetnamda yo'lberslarning to'rtdan uch qismi, xitoy tabobati ehtiyojini qondirish maqsadida, qirib tashlangan. Hindixitoy yo'lbarsi to'qroq tusga ega. Erkagi o'rtacha 150 — 190 killogram oralig'ida, urg'ochisi — 110 —140 killogram.
    • Malay yo'lbarsi — ushbu populyatsiya faqatgina Malakka yarim orolining janubida tarqalgan. Oxirgi olib borilgan hisoblarga ko'ra bu populyatsiya 600 — 800ta boshdan iborat. Bu uni son jihati bo'yicha uchinchi o'ringa qo'yadi. 2004-yilgacha bu populyatsiya hindxitoy yo'lbarsiga tegishli teb faraz qilingan. 2017-yilda bu mustaqil populyatsiya ekanligi isbot qilingan[10].
    • Xitoy yo'lbarsi — shuningdek Janubiy-xitoy yo'lbarsi. Xitoyning janubida tarqalgan. Bu populyatsiya eng katta xavf ostida qolgan. Tabiatda yo'qolib ketganligining katta ehtimoli mavjud. Bu populyatsiya qolganlaridan tanasing kichikligi bilan ajralib turadi: uzunligi 2,2 — 2,6 metr. Erkagi 127 killogramdan 177 killogramgacha, urg'ochilari 100 dan 118 killogramgacha. 1977-yilda Xitoy hukumati yo'lbarslarni ovlashni taqiqladi, lekin aynan bu populyatsiya saqlanishi uchun juda kech edi. Ma'lumotlarga ko'ra tabiattagi oxirgi xitoy yo'lbarsi 1994-yili otib o'ldirilgan. Hozirgi vaqtdaxitoy yo'lbarsing 59 boshi tutqunlikda saqlanmoqda (barchasi Xitoyda), lekin ularning hammasi atigi oltita yo\lbarsning avlodi hisoblanadi. Bundan ko'rinib turibdiki ushbu populyatsiyada genetik xilma-xillik juda oz. 2008-yildan boshlab Xitoy hukumati xitoy yo'lbarslarini tabiatga reintroduktsiya qilish bo'yich choralar ko'rmoqda[11].
    • Turon yo'lbarsi — shuningdek Kavkazorti va Kaspiy yo'lbarsi nomlari ostida malum. 1960-yillar oxirida to'liq yo'q bo'lib ketgan. 1968-yilda oxirgi marotaba tabiatda uchragani dalillari bor[12]. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra oxirgi Turon yo'lbarsi 1970-yilda Turkiyada otib o'ldirilgan[13]. Bu populyatsiyaning tarixiy areali Ukrainaning va Rossiyaning janubiy qismlarini (Dog'iston, Checheniston, Shimoliy Osetiya, Krasnodar o'lkasi va Ingushiya), Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Afg'oniston, Pokiston, Iroq, Tojikiston, O'zbekiston, Qozoqiston, Turkmaniston, Suriya va Turkiya bo'lgan. 50-yil gacha Amudaryoning quyi oqimida uchragan. Turon yo'lbarsi XX asr boshlarigacha Chirchiq havzasida ham yashagan[2]. Ozarbayjonda oxirgi yo'lbars 1932-yilda Tolish tog'larida, Armanistonda Ararat vodiysida 1933-yilda otib o'ldirilgan. O'rta Osiyoda oxirgi marotaba 1954-yilda Tojikistonning “Yo‘lbars jar” qo'riqxonasida kuzatilgan. Boshqa ma'lumotlarqa qaraganda o'sha yili Turkmanistonning Eron bilan chegaradosh bo'lgan Ko'petdag tog' tizimida paydo bolgan, yo'lbars Eronning shimoliy qismidan kirib kelgan[14]. Turon yo'lbarsi boshqa populyatsiyalarga nisbatan yirik bo'lgan: eng og'ir o'lchangan erkak yo'lbarsning vazni 240 killogram bo'lgan. Yunging tusi Bengal yo'lbarsidan katta farq qilmagan, ammo chiziqlari yo'g'onroq va ko'proq bo'lgan, rangi qoradan ko'ra toq kulirang yoki jigarranga yaqinroq bo'lgan. Yungi boshqa populyatsiyalarga qaraganda uzunroq va qalinroq bo'lgan, ayniqsa qish mavsumida. Turon yo'lbarsi, Bengal yo'lbarsi bilan bir qatorda, rimliklar tomonidan gladiator janglarida gladiatorlar yoki boshqa yirtqichlarga qarshi, ayniqsa sherlarga qarshi ishlatilgan. Zamonaviy molekulyar genetika tahlillariga ko'ra Turon yo'lbarsi Amur yo'lbarsi bilan yaxlit populyatsiyani tashkil qiladi[12][14].
  • Panthera tigris sondaica — yo'lbarslarning ostturi, Zond orollarida tarqalgan. Quyidagi populyatsiyalarni o'z ichiga oladi:
    • Sumatra yo'lbarsiIndoneziyaning Sumatra orolidagina tarqalgan. Yovvoyi tabiatdagi yo'lbarslarning soni 400-500tadan iborat deb baholanadi, aksaryat qismi qo'riqxona va milliy bog'lar hududida yashaydi. Sumatra yo'lbarsi uchun asosiy xavf tabiiy muhitnig buzilishi (ormonlar kesilishi hatto yaxshi qoriqlanadigan hududlarda davom etmoqda), ammo 1998-yildan 2000-yil oralig'ida 66 yo'lbars (populyatsiyaning 20%) brokonyerlar tomonidan otib o'ldirilgan. Sumatra yo'lbarsi mavjud populyatsiyalar orasida eng kichigi hisoblanadi. Erkagi 100 - 130 killogram, urg'ochisi 70 - 90 killogram. Nisbatan kichik o'lchami orolning tropik ormonlarida yashashga bo'lgan adaptatsiya hisoblanadi.
    • Bali yo'lbarsi — Indoneziyaning Bali orolidagina tarqalgan. Yo'lbarslarning bu populyatsiyasi ovchilar tomonidan qirib yuborilgan: oxirgi bali yo'lbarsi 1937-yilning 27-sentyabrida orolning G'arbiy qismida o'ldirilgan. Bali yo'lbarsi hech qachon tutqunlikda saqlanmagan. To'liq yo'qolib ketishiga qaramasdan bali yo'lbarsi mahalliy aholi madanyati va dinida katta ahamyatga ega.
    • Java yo'lbarsi — Indoneziyaning Java orolida tarqalgan. Ma'lumotlarga ko'ra 1980-yillarda ovchilik va tabiiy muhitnig buzilishi sababli qirilib ketgan. Bu populyatsiyaning yo'qolishi 1950-yillarda ayon bo'ldi, bu vaqta Java orolida yo'lbarslarning soni 25tani tashkil qilardi. Oxirigi marotaba java yo'lbarsini tabiatda 1979-yili ko'rishgan.

Biologiya va ekologiyasi

Ham kunduzi, ham tunda birdek faol. Eng faol vaqti tong saharda, kechki payt va tunga to'g'ri keladi. Kunduzi asosan dam oladi. Daraxtlarga chiqmaydi, faqat yosh, ikki yoshga to'lmagan yo'lbarslar bundan mustasno. Suvdan cho'chimaydi va juda yaxshi suza oladi. Janubda tarqalgan yo'lbarslar issiq kunlarni suvda o'tlkazadi. Past havo haroratiga o'ta chidamli. Bir fasl davomida ikki marotaba yungini to'kadi: martda va sentyabrda.

Asosan ovoz chiqarmaydi. Faqat ko'payish davrida, erkaklari o'zini past o'kirish bilan bildirishadi. O'ljaga hujum qilayotgan vaqtda o'ta past irrillagan tovush chiqaradi. Odatda boshqa hayvonlar, bug'ular, to'ng'izlar va hatto odamlar qoldirgan so'qmoqlardan va yo'lakchalardan yurishni afzal ko'radi.

Hududiy va ijtimoiy xulq-atvori

Voyaga yetgan yo'lbarslar hududiy hayvonlar bo'lib, yo'lg'iz turmish tarzini olib boradi va o'z hududini ayovsiz himoya qiladi. Yo'lbarslar shaxsiy hududini turli usullar bilan belgilab chiqadi. O'z hududini shaxsiy xid bilan belgilash yo'lbarslarning asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. Siydik belgilarini asosan tik jisimlarda qoldiradi: daraxt poyasi, toshlar, butalar va h.k. Shuningdek daraxtlarga surkanish va daraxtlarni tirnash orqali ham belgi qoldirishadi.

Yo'lbarsning shaxsiy hududining maydoni yashash joyiga, o'ljaning ko'pligiga va bu hududda urg'ochilarning mavjudligiga bog'liq. Urg'ochi yo'lbars hududining maydoni taxminan 20 km² bo'lishi mumkin, erkak yo'lbarslarning hududi odatda ancha kattaroq - 60 -100 km². Voyaga yetgan erkakning yashash joyida 1:2 yoki 1:4 nisbatda bir nechta urg'ochilarining yashash joylari bo'lishi mumkin. Yo'lbarslarning o'z hududi bo'ylab harakatlanish yo'llari muntazamdir. Bunday harakatlar paytida yo'lbarslar doimiy ravishda o'z hududlarining turli qismlarini belgilaydilar, bir nechta vaqtinchalik yoki uzun mudadga yotadigan joy qilishadi. Hududi ichidagi kundalik harakatlanishi juda farq qiladi va bir qator omillarga bog'liq. Voyaga yetgan erkakning o'rtacha kunlik bosib o'tadigan masofasi 9,6 km, eng ko'pi 41 km. Urg'ochilari o'rtacha kunlik bosib o'tadigan masofasi 7 km, eng ko'pi 22 km. Urg'ochi yo'lbarslarning vaqti-vaqti bilan bir-biriga nisbatan tajovuzkorlik ko'rsatishiga qaramay, ularning yashash hududi bir-birinikiga tog'ri kelishi mumkin va bu vaziyatda ular tinch yashashadi; erkak yo'lbarslar hech qachon boshqa erkaklarning o'z hududida doimiy bo'lishiga va hatto vaqtincha o'tishiga ruxsat bermaydi.

Erkak yo'lbarslarning tajovuzkor hududiy xulq-atvorini hisobga olgan holda, ular o'rtasida yashash joylarini taqsimlash bo'yicha nizolar ko'pincha jiddiy shikastlanishga va ba'zan ulardan birining o'limiga olib keladi. Biroq, ko'pgina ziddiyatli vaziyatlarda, yo'lbarslar tahdid soladigan ko'rinish va tovushlarni ishlatish bilan cheklanadi. Erkak yo'lbarslar o'z hududini urg'ochi yo'lbarslar bilan osongina bo'lishadi, hatto o'lja bilan bo'lishadilar. Urg'ochi yo'lbarslar ham o'z o'ljalarini bo'lishishi mumkin va erkaklaridan farqli o'laroq, o'ljani boshqa urg'ochilar bilan ham bo'lishishi mumkin.

Oziqlanishi

Yovvoyi tabiatda yo'lbarslar asosan tuyoqli hayvonlar bilan oziqlanadi: Bengal yo'lbarsi uchun asosiy o'lja hind bug'usi, toʻngʻizlar va tapir kabi turlardir; Amur yo'lbarsi uchun - bug'ular, dog'li kiyik, to'ng'iz. Sumatra yo'lbarsi uchun - sambar bug'usi, to'ng'iz va qora tapir. Shuningdek, yo'lbarslar hind buyvoli, gaur va yirik bug'usimonlar kabi yirik o'txo'r hayvonlarni ovlashi mumkin. Bundan tashqari, vaqti-vaqti bilan yo'lbarslar o'zlarining ovqatlanishiga xos bo'lmagan hayvonlar, masalan, maymunlar, qirg'ovullar, quyonlar, sudraluvchilar va hatto baliqlar bilan oziqlanadilar. To'laqonli ovqatlanish uchun bir yo'lbarsga yiliga 50-70 tuyoqli hayvonlar kerak bo'ladi. Yo'lbars o'ldirilgan kiyik yoki to'ng'iz bilan bir necha kun turishi mumkin, bu vaqt davomida u o'ljasini yeydi. Voyaga yetgan hind fillari yo'lbarslar ovlay olmaydigan o'ljadir, shuning uchun fillar bilan uchrashishdan qochishga harakat qilishadi, lekin ba'zida ular yosh fillarni o'ldirishlari mumkin. Yo'lbarslarning katta fillariga muvaffaqiyatli hujumlari haqida tasdiqlanmagan ma'lumotlar mavjud. Masalan, Kesri Singx yo‘lbarsning katta yoshli filni o‘ldirganini misol qilib keltiradi[15]. Bundan tashqari, yo'lbarsning katta yoshli urg'ochi Hindiston karkidonini o'ldirgani haqida kamida bitta holat ma'lum. Ba'zida yo'lbarslar itlar, sigirlar, otlar va eshaklar kabi uy hayvonlarini ovlashi mumkin. O'simliklardan faqat yozda ozuqa sifatida foydalanishadi: yong'oqlar, o'tlar, mevalar iste'mol qilishadi. Bir vaqtning o'zida yo'lbars 30-40 kg gacha go'sht iste'mol qiladi. Och qolgan katta erkaklari 50 kg gacha go'sht yeyishi mumkin. Teri osti yog' to'qimalarining mavjudligi sababli o'zlariga zarar yetkazmasdan ancha muddat oziq-ovqatsiz yashay oladi. Amur yo'lbarsida bunday qatlam 5 santimetrga yetishi mumkin.

Ov qilishi

Boshqa yirtqichlar bilan aloqasi

2—3 yilda bir marta bolalaydi, homiladorlik davri 98—112 kun, 2—6 ta bola tugʻadi; 5—6 oy emizadi. Bolalari 1—2 yoshida mustaqil yashay boshlaydi. Soni juda kamayib ketgan, barcha kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.[2]

Madanyatda

Tasviriy sanat

Yo'lbars tasvirlangan birinchi tasviriy sanat asari Koguryo (miloddan avvalgi 37 - milodiy 668 yillar) hukmronligi davriga oid koreys maqbaralarida topilgan.[16] Yo'lbarslarning tasvirlari maqbaralarni himoya qilishiga ishonishgan. Maqbara devorlaridagi tavirlari bilan bir yoʻlbars tasviri qatorda bronza davriga oid koʻplab uy-roʻzgʻor buyumlari (miloddan avvalgi 1000 – 300 yillarga oid) : koʻzgu, bolta, pichoq, idishlar, qoʻngʻiroqlar, taqinchoqlar, marosim buyumlari va hokazo bo'lgan[16].

Xitoy tasviriy sa'natida yo'lbars tasviri asosiy mavzularidan biri bo'lgan.

Yo'lbarsning tasvirlari hind san'atida ham uchraydi. Eng mashhur misollardan biri bu Tipu sultonning yo'lbarsi, bu yog'ochdan yasalgan mexanik yo'lbars, qizil kiyimdagi ingliz askariga hujum qilyatgani aks ettirilgan.

Islomda tirik mavjudotlarni tasvirlash taqiqlangan bo'lib, bu ko'p jihatdan islom dini tarqalgan mamlakatlar san'atining o'ziga xosligini ko'rsatadi. Biroq Markaziy Osiyoda islom dinining keng tarqalishiga qaramasdan, yoʻlbarslar uchun oʻziga xos istisno boʻlgan. Yoʻlbars tasviri gilam va matolarda, shuningdek, Samarqand shahridagi masjidlar, jumladan, Registon maydonidagi mashhur Sherdor, nomiga qaramasdan, madrasasida yo'lbars tasvirlangan.

Evropa tasviriy sanatida ham yo'lbarslar tez-tez uchraydi, masalan, Delakruaning ov sahnalarida va Piter Pol Rubensning "Yo'lbarslar ovi" (1618) rasmida.

Manbalar

  1. „IUCN red list. Panthera tigris (Tiger).“.
  2. 2,0 2,1 2,2 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. 3,0 3,1 Wilting A., Courtiol A., Christiansen P., Niedballa J., Scharf A. K., Orlando L., Balkenhol N., Hofer H., Kramer-Schadt S., Fickel J., Kitchener A. C. „Planning tiger recovery: Understanding intraspecific variation for effective conservation“ (Ingliz tili) (26 iyun 2015 yil).
  4. „WWF va yo'lbarslar. Yo'lbarslar haqida ko'p beriladigan savollar (ru)“ (11 may 2023 yil). 2015-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 may 2023 yil.
  5. „Amur yo'lbarsi populyatsiyasi monitoringi“ (rus tili). 2015-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  6. „Hindistonda yo'lbarslar soni o'sdi“ (rus tili).
  7. „Task force says tigers under siege“ (Ingliz tili). 2009-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  8. „WPSI — Sariska Tiger Reserve“ (Ingliz tili).
  9. „Have you seen a tiger at Sariska since June? If yes, you’re the only one“ (Ingliz tili). 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  10. Kitchener A. C. „A revised taxonomy of the Felidae: The final report of the cat classification task force of the IUCN cat specialist group“ (Ingliz tili) (2017).
  11. „BBC News channel“ (Ingliz tili). Rare China tiger seen in the wild, s. 1.
  12. 12,0 12,1 „Mitochondrial Phylogeography Illuminates the Origin of the Extinct Caspian Tiger and Its Relationship to the Amur Tiger“ (Ingliz tili).
  13. „Shaded Area: Historical Range for the Caspian tiger.“ (Ingliz tili).
  14. 14,0 14,1 „Yo'qotilgan boylik turon yo'lbarsi“.
  15. Kesri Singx. Rajastan yo'lbarslari - Тигр Раджастана (Rus tili). Академия наук СССР, Институт востоковедения Издательство "Наука", 1979. 
  16. 16,0 16,1 „Koreys yo'lbarsi haqida“ (Rus tili).