George W. Bush
George Bush | |
---|---|
Rasmiy portret (2003) | |
43-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 2001-yil – 20-yanvar 2009-yil | |
Vitse-prezident | Dick Cheney |
Oʻtmishdoshi | Bill Clinton |
Vorisi | Barack Obama |
46-Texas gubernatori | |
Mansab davri 17-yanvar 1995-yil – 21-dekabr 2000-yil | |
Oʻtmishdoshi | Ann Richards |
Vorisi | Rick Perry |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
George Walker Bush 6-iyul 1946-yil New Haven, Connecticut, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Respublikachilar |
Boʻyi | 183 sm |
Turmush oʻrtogʻi |
Laura Welch (turm. 1977) |
Bolalari | Barbara Bush, Jenna Bush Hager |
Ota-onasi |
|
Istiqomat joy(lar)i | Crawford, Texas, AQSh |
Taʼlim |
Yale universiteti Harvard universiteti |
Kasbi |
|
Imzosi | |
Vebsayti |
George Walker Bush (talaffuzi: Jorj Uoker Bush; 6-iyul 1946-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi va ishbilarmon boʻlib, 2001-yildan 2009-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 43-prezidenti lavozimini bajargandir. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Bush bungacha 1995-yildan 2000-yilga qadar Texas shtatining 46-gubernatori vazifasini bajargan. U AQShning sobiq prezidenti George H. W. Bushning toʻngʻich oʻgʻlidir.
Bush yigirma yoshida Texas havo milliy gvardiyasida ikki yil muddat xizmat qildi. 1975-yili Harvard biznes maktabini tamomlagach, u neft sanoati sohasida ishladi. 1978-yilda Bush Vakillar palatasiga oʻz nomzodligini qoʻydi, ammo saylanmadi. Keyinchalik, u Texas Rangers nomli beysbol jamoasiga egalik qilib, 1994-yili Texas gubernatori etib saylandi. 1998-yilda Bush rekord darajadagi[1] (69 foiz) ovozlar soni bilan ikkinchi muddatga qayta gubernator etib saylandi[2] va buning ortidan Texas tarixida ikkinchi muddatga saylangan ilk gubernator boʻldi.[1] U gubernatorlik davrida Texasni shamol energetikasini ishlab chiqaruvchi yetakchi shtatga aylantirishga koʻmaklashdi. Bush 2000-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashib, Demokratlar partiyasida boʻlgan amaldagi vitse-prezident Al Gore ustidan gʻalaba qozondi. Qayta sanash va sud jarayonlarini oʻz ichiga olgan bu saylov mamlakat tarixidagi eng bahsli saylovlardan biri boʻldi.
Lavozimiga kirishgach, Bush soliqlarni kamaytirish va taʼlimni isloh qilish toʻgʻrisida qonun loyihasi imzoladi. Kech abort qilishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qonun va eʼtiqodga asoslangan tashabbuslar kabi ijtimoiy-konservativ harakatlarni ilgari surdi. Bush prezidentligi davrida 2001-yil 11-sentyabr terror xurujlari natijasida terrorizmga qarshi kurashish uchun Milliy xavfsizlik vazirligi tashkil etildi. Bush Tolibonni agʻdarib tashlash, al-Qoidani yoʻq qilish hamda Osama bin Ladenni ushlash maqsadida AQSh armiyasini Afgʻonistonga bostirib kirishga buyruq berdi. U, shuningdek, terrorizmda gumon qilingan shaxslarni nazorat qilish vakolatini beruvchi Patriot qonunini imzoladi.
Bush 2004-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, Demokratlar partiyasidan nomzod John Kerryni magʻlub etdi hamda ikkinchi muddatga qayta prezident etib saylandi.
Dastlabki hayoti va karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]George Walker Bush 1946-yil 6-iyulda Connecticut shtatining New Haven shahrida joylashgan Grace-New Haven shifoxonasida dunyoga keldi.[3] U George Herbert Walker Bush va Barbara Piercelarning birinchi farzandi boʻlgan. Uning bolaligi Texas shtatining Midland va Houston shaharlarida oʻtgan. Uchta ukasi va bitta singlisi boʻlgan boʻlib, ular quyidagilardir: Jeb, Neil, Marvin va Dorothy. Boshqa bir singlisi Robin 1953-yili uch yoshida leykoz kasalligi tufayli vafot etgan.[4] Uning ota tarafdan bobosi Prescott Bush Connecticut shtatidan senator boʻlgan.[5] Georgening otasi 1981-yildan 1989-yilga qadar Ronald Reagan prezidentligi davrida vitse-prezident, 1989-yildan 1993-yilga qadar esa 41-AQSh prezidenti vazifalarini bajargan. Bush asosan ingliz va olmon (uzoqroq niderland, uels, irland, fransuz va shotland) kelib chiqishga ega boʻlgan.[6]
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bush Texas shtatining Midland shahridagi davlat maktabida oʻqidi. U 7-sinfni tamomlaganida oilasi bilan Houston shahriga koʻchib oʻtdi. Keyin u Kinkaid maktabida ikki yil muddat tahsil oldi.[7]
Bush keyinchalik Massachusetts shtatining Andover shahrida joylashgan Phillips Academy nomli maktab-internatda oʻqidi. U ushbu maktab-internatda oʻqigan yillarida beysbol oʻynagan.[8][9] U 1964-yili Yale universitetiga oʻqishga kirdi va 1968-yilda uni tugatib, tarix boʻyicha bakalavrlik darajasini oldi.[10] Yaleda oʻqigan yillarida u Delta Kappa Epsilonga aʼzo boʻlib, oʻrtoqchilik prezidenti oʻlaroq xizmat qildi.[11][12][13] Bush, shuningdek, „Skull and Bones“ („Bosh suyagi va suyaklar“) jamiyati aʼzosi ham boʻlgan.[14][15] U oʻzini oʻrtacha talaba oʻlaroq taʼriflaydi.[16] U Yaleda dastlabki uch yilidagi GPAsi 77 ni tashkil etib, universitetdagi soʻnggi yilida ham xuddi shunday oʻrtacha koʻrsatkichga ega boʻlgan.[17]
1973-yilning kuzida Bush Harvard biznes maktabiga oʻqishga kirdi. 1975-yili uni tamomlab, MBA darajasini oldi. U AQSh tarixida MBA darajasini olgan yagona prezidentdir.[18]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 "George Bush" George Bush MSN Encarta archived from the original on 2009-11-01 https://www.webcitation.org/5kwppnbYX?url=http://encarta.msn.com/encyclopedia_761581479/george_bush.html.<!--->
- ↑ „Texas Gov. George W. Bush wins in landslide“. CNN. Associated Press (3-noyabr 1998-yil). 15-may 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2006-yil.
- ↑ Ahles, Dick. „Bush's Birthplace? It's Deep in the Heart of ... New Haven“. The New York Times (24-dekabr 2000-yil). 26-oktyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2010-yil.
- ↑ „George Walker Bush“. Famous Texans (3-fevral 2005-yil). 15-sentyabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentyabr 2008-yil.
- ↑ „Bush, Prescott Sheldon, (1895–1972)“. Biographical Directory of the United States Congress. 3-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2010-yil.
- ↑ „Ancestry of George W. Bush“. Wargs.com. Qaraldi: 20-aprel 2010-yil.
- ↑ Bush, then the governor of Texas, was the commencement speaker at St. Johnʼs Academy in 1995: „An Inventory of Press Office Speech Files at the Texas State Archives, 1986, 1989–2000, undated (bulk 1995–2000)“. Texas State Library and Archives Commission. Qaraldi: 1-may 2008-yil.
- ↑ Kristof, Nicholas D.. „George W. Bush's Journey The Cheerleader: Earning A's in People Skills at Andover“. The New York Times (10-iyun 2000-yil). 11-mart 2005-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentyabr 2008-yil.
- ↑ Kuper, Simon. „Ruthian rise of Dubya“. The Observer (3-dekabr 2000-yil). 26-oktyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2011-yil.
- ↑ „Biography of President George W. Bush“. whitehouse.gov. 2009-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2009-yil.
- ↑ Romano, Lois; Lardner, Jr., George. „Bush: So-So Student but a Campus Mover“. The Washington Post (27-iyul 1999-yil). Qaraldi: 8-aprel 2009-yil.
- ↑ Berkower, Simone „Cheerleading of the '20s: Epitome of masculinity“. Yale Daily News. 10-oktyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2012-10-10 sanasida arxivlangan)
- ↑ Feinstein, Jessica; Sabin, Jennifer „DKE & YPU: Filling precedential shoes“. The Yale Daily News (7-oktyabr 2004-yil). 11-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-aprel 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-04-11 sanasida arxivlangan)
- ↑ Bush, George W., A Charge to Keep, (1999) ISBN 0-688-17441-8
- ↑ Cain, Nick & Growden, Greg „Chapter 21: Ten Peculiar Facts about Rugby“ in Rugby Union for Dummies (2nd Edition), Chichester: John Wiley and Sons, p. 297 ISBN 978-0-470-03537-5
- ↑ „Self-Deprecating Bush Talks to Yale Grads“. Fox News Channel. Associated Press (21-may 2001-yil). 19-noyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentyabr 2008-yil.; „Bush/Gore Grades and SAT Scores“. Inside Politics (17-iyun 2005-yil). 5-sentyabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentyabr 2008-yil.
- ↑ „Kerry Grades Near Bush's While at Yale“. The New York Times (8-iyun 2005-yil). 6-may 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2012-yil.
- ↑ John Solomon, Bush, Harvard Business School and the Makings of a President, The New York Times (18-iyun 2000-yil). See also James P. Pfiffner, The First MBA President: George W. Bush as Public Administrator, Public Administration Review (January/February 2007), p. 7.
Oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akademik
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Berggren, D. Jason va Nicol C. Rae. „Jimmy Carter and George W. Bush: Faith, Foreign Policy, and an Evangelical Presidential Style.“ Presidential Studies Quarterly. 36#4 2006. pp 606+. online edition (Wayback Machine saytida 2012-07-26 sanasida arxivlangan)
- Brands, Hal va Peter Feaver. „The case for Bush revisionism: Reevaluating the legacy of Americaʼs 43rd president.“ Journal of Strategic Studies 41.1-2 (2018): 234-274. online (Wayback Machine saytida 2022-02-05 sanasida arxivlangan)
- Campbell, Colin, Bert A. Rockman va Andrew Rudalevige, eds.. The George W. Bush Legacy Congressional Quarterly Press, 2007, 352pp; 14 essays by scholars excerpts and online search from Amazon.com
- Corrado, Anthony, E. J. Dionne Jr., Kathleen A. Frankovic. The Election of 2000: Reports and Interpretations (2001) online edition (Wayback Machine saytida 2012-07-26 sanasida arxivlangan)
- Daynes, Byron W. Va Glen Sussman. „Comparing the Environmental Policies of Presidents George H. W. Bush and George W. Bush.“ White House Studies 2007 7(2): 163-179. ISSN 1535-4768Skript xatosi: „check isxn“ moduli yoʻq.
- Desch, Michael C. „Bush and the Generals.“ Foreign Affairs 2007 86(3): 97-108. ISSN 0015-7120Skript xatosi: „check isxn“ moduli yoʻq. Fulltext: Ebsco
- Edwards III, George C. va Desmond King, eds. The Polarized Presidency of George W. Bush (2007), 478pp; essays by scholars; excerpt and online search from Amazon.com
- Fortier, John C. va Norman J. Ornstein, eds. Second-term Blues: How George W. Bush Has Governed (2007), 146pp excerpt and online search from Amazon.com
- Graham John D. Bush on the Home Front: Domestic Policy Triumphs and Setbacks (Indiana University Press, 2010) 425 pages; covers taxation, education, health care, energy, the environment, and regulatory reform.
- Greenstein, Fred I. ed. The George W. Bush Presidency: An Early Assessment Johns Hopkins University Press, 2003
- Greenstein, Fred I. „The Contemporary Presidency: The Changing Leadership of George W. Bush A Pre- and Post-9/11 Comparison“ in Presidential Studies Quarterly v 32#2 2002 pp 387+. online edition (Wayback Machine saytida 2012-07-29 sanasida arxivlangan)
- Gregg II, Gary L. Va Mark J. Rozell, eds. Considering the Bush Presidency Oxford University Press, 2004. 210 pp. British perspectives
- Hendrickson, Ryan C. Va Kristina Spohr Readman, „From the Baltic to the Black Sea: Bush’s NATO Enlargement.“ White House Studies. (2004) 4#3 pp: 319+. online edition
- Hilliard, Bryan, Tom Lansford va Robert P Watson, eds. George W. Bush: Evaluating the President at Midterm SUNY Press 2004
- Jacobson, Gary C. „The Bush Presidency and the American Electorate“ Presidential Studies Quarterly v 33 No.4 2003 pp 701+. online edition (Wayback Machine saytida 2012-04-10 sanasida arxivlangan)
- Milkis, Sidney M. va Jesse H. Rhodes. „George W. Bush, the Party System, and American Federalism.“ Publius 2007 37(3): 478-503. ISSN 0048-5950Skript xatosi: „check isxn“ moduli yoʻq.
- Moens, Alexander The Foreign Policy of George W. Bush: Values, Strategy, and Loyalty. Ashgate, 2004. 227 pp.
- Rabe, Barry. „Environmental Policy and the Bush Era: the Collision Between the Administrative Presidency and State Experimentation.“ Publius 2007 37(3): 413-431. ISSN 0048-5950Skript xatosi: „check isxn“ moduli yoʻq.
- Sabato, Larry J. ed. The Sixth Year Itch: The Rise and Fall of the George W. Bush Presidency (2007), experts on the 2006 elections in major states
- Smith, Jean Edward. Bush. Simon & Schuster, 2016.
- Strozeski, Josh, et al. „From Benign Neglect to Strategic Interest: the Role of Africa in the Foreign Policies of Bush 41 and 43.“ White House Studies 2007 7(1): 35-51. ISSN 1535-4768Skript xatosi: „check isxn“ moduli yoʻq.
- Wekkin, Gary D. „George H. W. Bush and George W. Bush: Puzzling Presidencies, or the Puzzle of the Presidency?“ White House Studies 2007 7(2): 113-124. ISSN 1535-4768Skript xatosi: „check isxn“ moduli yoʻq.
Birlamchi manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bush, George W.. A Charge to Keep. William Morrow, 1999. ISBN 978-0-688-17441-5.
- Council of Economic Advisors, Economic Report of the President (annual 1947-), complete series online; important analysis of current trends and policies, plus statistical tables
- Bush, George W. George W. Bush on God and Country: The President Speaks Out About Faith, Principle, and Patriotism (2004)
- Bush, George W.. Decision Points. Crown Publishers, 2010. ISBN 978-0-307-59061-9.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda George W. Bush haqida turkum mavjud |
- George W. Bush kutubxonasi va muzeyi (ingl.)
- Oq uy biografiyasi (ingl.)
- Bush va birinchi xonim (ingl.)
- Arxivlangan Oq uy sayti (ingl.)
- George W. Bush Curlie katalogida
- George W. Bush IMDbda