Beysbol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wrigley Field stadioni, Chicago, 2004.

Beysbol (ingl. Baseball, base - "baza", ball - "toʻp") bita va beysbol toʻpi bilan jamoa boʻlib oʻynaladigan sport turidir. Oʻyindan maqsad raqib jamoa oʻyinchisi (pitcher) uloqtirgan koptokni bita bilan urib qaytarish va koptok raqib jamoa qoʻliga tushguncha 4 ta bazaga tegib, 90 fut (27,4 metr) masofani aylanib chiqishdir.

Beysbol (ing . baseball) — koptok va tayoqcha bilan oʻynaladigan sport oʻyini, chillak oʻyinini eslatadi. Har biri 9 (Shim. Amerika B.ida) yoki I (Uels B.ida) kishidan iborat 2 jamoa 175 x 125 m kattaliqdagi maydonda koptokni chillak bilan oʻynab, ustunlikka eri-shishga harakat etadi. B. vatani — Angliya boʻlib, hozirgi oʻyin qoidalari 1845 yildan beri amal qiladi. Xalqaro B. fe-deratsiyasi 1921 yilda tashkil etilgan, unga 71 mamlakat aʼzo (1991). B. boʻyicha jahon chempionligi musobakalari 1938 yildan buyon oʻtkaziladi, 1992 yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kirdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil