Al-Qoida
Al-Qoida (arabcha القاعدة — „asos“) sunniy jihodchi harbiy tashkilotlarning xalqaro birlashmasidir. Uning ildizlari 1989 yili Sovet qurolli kuchlarining Afgʻonistondan olib chiqilishi bilan mamlakatda kuch yigʻa boshlagan diniy fundamentalistlar va ularning homiylari(Usoma bin Lodin va boshqalar)ga borib taqaladi.[1] Al-Qoidaning dasturiga musulmon oʻlkalarda xorijiy taʼsirlarga chek qoʻyish va yangi islomiy xalifalik yaratish kiradi.
„Al-Qoida“ tashkiloti 1980-yillar oxirida tashkil etilgan. 1998-yil AQShning Tanzaniya va Keniyadagi elchixonalaridagi portlashlar va 2001-yil 11-sentyabrida Nyu-Yorkdagi teraktlardan soʻng „Al-Qoida“ jahondagi eng yirik va qudratli terrorchilik tashkiloti sifatida koʻrila boshlandi. Tashkilot asoschisi Usoma bin Lodin 2011-yil mayida Pokistonda yoʻq qilingan. Uning oʻlimdan soʻng Ayman az-Zavahiri tashkilot yetakchisiga aylangan.[2] 2022-yilning 31-iyulida az-Zavahiriy Kobulda AQSh dron hujumi natijasida o‘ldirildi.[3]
Al-Qoida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi,[4] NATO,[5][6] Yevropa Ittifoqi,[7] Amerika Qoʻshma Shtatlari,[8] Avstraliya,[9] Kanada,[10] Isroil,[11] Yaponiya,[12] Niderlandiya,[13] Birlashgan Qirollik,[14] Rossiya,[15] Shvetsiya,[16] va Shveytsariya[17] tomonidan terroristik tashkilot deb topilgan. Biroq Al-Qoida qarshi keng harbiy va ommaviy kampaniya 2001-yil 11-sentyabr terror xurujlarigacha boshlanmagan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ BBC maqolasi
- ↑ „BMT „Al-Qoida“ning parchalanayotgani haqida maʼlumot berdi“. 12-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
- ↑ „US kills al Qaeda leader Ayman al-Zawahiri in drone strike in Afghanistan“. CNN (avgust 2022).
- ↑ [1]
- ↑ [2]
- ↑ [3]
- ↑ arxiv nusxasi, 2007-06-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-09-12
- ↑ arxiv nusxasi, 2005-03-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2005-03-24
- ↑ „arxiv nusxasi“. 20-avgust 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentabr 2007-yil.
- ↑ arxiv nusxasi, 2006-11-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-09-12
- ↑ [4]
- ↑ [5]
- ↑ „arxiv nusxasi“. 14-iyun 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentabr 2007-yil.
- ↑ arxiv nusxasi, 2005-12-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-09-12
- ↑ [6]
- ↑ [7]
- ↑ arxiv nusxasi (PDF), 2007-06-09da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2007-06-09
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |