Vitse-prezident

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vitse-prezident - 1) ayrim davlatlarda (AQSH, Lotin Amerikasi mamlakatlari va b.) davlat boshligʻining oʻrinbosari, qoida boʻyicha, prezident bilan bir vaqtda saylanadi. V.-p. odatda maxsus vakolatga ega boʻlmaydi: u prezidentning topshiriqlarini bajaradi, prezident lavozimdan chetlashtirilsa, vafot etsa, isteʼfoga chiqsa va h. k. hollarda prezidentning vakolatlari va vazifalari V.-p.ga oʻtadi; 2) turli milliy va xalqaro tashkilotlarda prezident oʻrinbosari; 3) baʼzi ilmiy muassasalar (akademiya, ilmiy jamiyat va h. k.)da saylab qoʻyiladigan lavozim (mas., Oʻzbekistan Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil