Hyuston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Houstondan yoʻnaltirildi)
Shahar
Houston
Bayroq
Bayroq
Mamlakat AQSh
Mavqeʼ shahar
Shtat Texas
County Harris, Fort Bend, Montgomery
Koordinatalari 29°45′46″N 95°22′59″W / 29.76278°N 95.38306°W / 29.76278; -95.38306Koordinatalari: 29°45′46″N 95°22′59″W / 29.76278°N 95.38306°W / 29.76278; -95.38306
Mer Annise Parker
Maydoni 1625,2 km²
Dengiz sathidan balandligi 13 m
Aholisi 2099451(4thU.S.) 
Zichlik 1505 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC-5, yozda UTC-4
Telefon kodi 713, 281, 832
FIPS kodi 48-35000[1]
Rasmiy sayti [houstontx.gov link]
Hyuston (AQSh)
Houston
Hyuston (Texas)
Houston

Xyuston — AQShning jan. qismidagi shahar, Texas shtatida. Aholisi 1,95 mln. kishi (2000). AQShning yirik neft va galla porti (yiliga 120 mln. t yuk ortibtushiriladi). Dengiz kemalari qatnaydigan kanal orqali Meksika qoʻltigʻi va Galveston avanporta bilan bogʻlangan. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. AQSH jan.ning eng yirik sanoat markazlaridan. Neft, gaz, oltingugurt qazib olinadi va qayta ishlanadi (sintetik kauchuk, plastmassa, organik va neorganik ximikatlar, mineral oʻgʻitlar i.ch.). Qora metallurgiya rivojlangan. Neft va gaz sanoati uchun mashinalar, jihozlar va kuvurlar ishlab chiqariladi. Radioelektronika, kemasozlik, oziqovqat (jumladan, sholi oqlash), poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. universitetlar, Jonson nomidagi kosmosga uchish markazi bor. Shaharga 1836 y.da asos solingan. 1840 y.gacha "mustaqil" Texas Respublikasi poytaxti boʻlgan.

Houston AQShning Texas shtatida joylashgan shahardir. Harris, Fort Bend va Montgomery okruglari tarkibiga kiradi.

Aholisi[tahrir]

2099451(4thU.S.) nafar aholi istiqomat qiladi (2010 US Census).[2] Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 1505 nafar kishi.

Geografiyasi[tahrir]

Maydoni – 1625,2 km2. Shundan 1552,9 km2 quruqlik, 72,3 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 13 m balandlikda joylashgan.

Houston manzarasi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]