Bahrom Norqobilov
Bahrom Norqobilov | |
---|---|
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi | |
Mansabda 24-yanvar 2020-yil — | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1973 Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati |
Maʼlumoti | Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti |
Bahrom Toʻrayevich Norqobilov (1973-yilda tugʻilgan, Qamashi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻz SSR) — oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston veterinariya tibbiyoti va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi[1][2].
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bahrom Norqobilov 1973-yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. 1995-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini (hozirgi Samarqand veterinariya tibbiyoti instituti) tugatgan.
2014-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi veterinariya tibbiyoti bosh davlat boshqarmasi boshligʻi boʻlgan[3]. 2017-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bahrom Norqobilovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi[4][5]. 2019-yil mart oyidan — Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi[6]. 2020-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya tibbiyoti va chorvachilik qoʻmitasining raisi lavozimiga tasdiqlandi[7][8]. 2020-yil 22-oktabr — MDHga aʼzo davlatlarning veterinariya sohasidagi hamkorlik boʻyicha hukumatlararo kengashining raisi etib saylandi[8]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ https://vetgov.uz/ru/o-nas/rukovodstvo/nor-obilov-bakhromzhon-t-raevich
- ↑ https://gov.uz/ru/pages/personal_structure
- ↑ https://www.podrobno.uz/
- ↑ https://uznews.uz/ru/article/5801/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2017/06/28/vet/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/01/22/cabinet/
- ↑ https://president.uz/ru/3323
- ↑ 8,0 8,1 https://mezon.io/uzbekistan/shavkat-mirziyoev-utverdil-sostav-pravitelstva/