Shuhrat Mamajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Futbol
Shuhrat Mamajonov
Tugʻilgan vaqti 16-mart 1970(1970-03-16) (53 yosh)
Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR
Fuqaroligi  SSSR/ Tojikiston
Boʻyi 180 sm
Pozitsiyasi Himoyachi
Klub faoliyati
1989—1991 Flag SSSR Pomir 27 (0)
1992—1993 Flag Tadjikistana Pomir ? (?)
1995 Flag Uzbekistana Navbahor 4 (0)
1996 Flag Uzbekistana Temiryoʻlchi 16 (3)
1997 Flag Uzbekistana MHSK 8 (0)
1998—2000 Flag Uzbekistana Temiryoʻlchi 61 (10)
2000—2003 Flag Uzbekistana Nasaf 48 (2)
Milliy terma jamoa
1992—2004 Flag Tadjikistana Tojikiston ? (0)
Murabbiyli faoliyati
2003 Flag Uzbekistana Nasaf

Shuhrat Ahmadjonovich Mamajonov (1970-yil 16-mart, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) — sovet va tojik sobiq futbolchisi. Hozirda bolalar futbol murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat juda yosh vaqtidan, 9 yoshidan futbol oʻynay boshlagan. Bolalar oʻsmirlar maktabidagi birinchi murabbiyi Stepan Konstantinovich Burlachko edi. 1982-yilda „Xosilot“ jamoasi yoshlar jamoasiga murabbiy sifatida Burlachkoni klubga taklif qilishdi. Burchalko Dushanbe shahar chempionatida ishtirok etish uchun iqtidorli bolalarni jamoaga taklif etdi. Shuhrat ham ular safida bor edi.

1989-yil mart oyida „Xosilot“ jamoasidan „Pomir“ oʻrinbosarlar jamoasiga qabul qilingan. 1990-yildan esa asosiy jamoa bazasiga oʻtkazildi. Asosiy jamoada birinchi bor 1990-yil 20-aprelda „Pomir“ safida Volgogradning „Rotor“ jamoasiga qarshi safarda maydongga tushgan. Debyut oʻyini omadsiz kechdi va „Pomir“ jamoasi safardagi oʻyinda 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. Shuhrat „Pomir“ klubi safida SSSR chempionatlarida jami 27 oʻyin oʻtkazgan.

1990-yillarning birinchi yarmida mustaqil Tojikiston chempionatida „Pomir“ jamoasi safida oʻynashni davom ettirdi. Shu bilan birga, Tojikiston terma jamoaning bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydongga tushgan.

1995-yildan Oʻzbekiston Oliy ligasida Namanganning „Navbahor“, Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“, Toshkentning MHSK, Qarshining "Nasaf" klublarida toʻp surgan[1].

2003-yilda „Nasaf“ jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. Shu yilning oʻzida maʼlum vaqt bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi vazifasida ishlagan. Hozirda u Moskvadagi bolalar oʻsmirlar sport makatabida futbol boʻyicha bolalar murabbiyi boʻlib ishlaydi[2].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tojikiston chempioni 1992
  • Oʻzbekiston chempioni: 1997
  • Tojikiston kubogi sohibi: 1992

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oila qurgan. Aziza ismli qizi bor (1995-yilda tugʻilgan) Aziza badiiy gimnastika bilan professional shugʻillanadi. Badiiy gimnastika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni. Oʻgʻli Azamat „Paxtakor“ futbol jamoasi va Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisida oʻynagan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „СПОРТ — ДЛЯ ВСЕХ“ (Russian). Moe Lianozovo (2010-yil sentyabr). 2012-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Shuxrat Mamadjanov: "Na igru s „Dneprom“ prishlos letet bez formi"[sayt ishlamaydi]
  3. „Счастье прославлять Родину“. 2010-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]