Kontent qismiga oʻtish

Abu Sufyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Sufyon (arabcha: أبو سفيان) (565–653) – sahoba, toʻliq ismi Abu Sufyon Saxr ibn Harb ibn Umayya ibn Abdushshams boʻlib, yirik savdogar, qurayshiylar zodagoni boʻlgan. Makkada Muhammadga va ularning diniy targʻibotiga qarshi kurashib, uni taʼqib qilgan. Mushriklarning musulmonlarga qarshi olib borgan Uhud va Xandaq janglaridagi boshliqlaridan biri. Muhammad Makkani fath qilishi arafasida islomni qabul qilgan. 630-yilda Makkani musulmonlarga jangsiz topshirgan. Islom himoyasi uchun Hunayn va Toif janglarida qatnashib, bir koʻzidan judo boʻlgan. Soʻngra paygʻambar uni Najron viloyatiga hokim etib tayinlagan. Nabiullohning vafotidan keyin Shom fathida qatnashgan. Yarmuk jangida jasorat koʻrsatib, ikkinchi koʻzidan ham ajralgan. Xalifa Usmon davrida Abu Sufyonning oʻgli Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangan. Keyinchalik, Alining vafotidan keyin (661) xalifalik hokimiyatini qoʻlga olgan Muoviya Umaviylar sulolasiga asos solgan[1].

  1. "Abu Sufyon" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil