Abu Sufyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Sufyon - (arab. أبو سفيان‎‎  560-650, Madina) to‘liq ismi Abu Sufyon Saxr ibn Harb ibn Umayya ibn Abdushshams - yirik savdogar, qurayshiylar zodagoni. Makkada Muhammad (sav)ga va ularning diniy targ‘ibotiga qarshi kurashib, ul zotni ta’qib qilgan. Mushriklarning musulmonlarga qarshi olib borgan Uhud va Xandaq janglaridagi boshliqlaridan biri. Muhammad (sav) Makkani fath qilishi arafasida islomni qabul qilgan. Keyinchalik Madinaning mavqei kuchaya boshlagach, o‘z xonadoni vakillarining islom davlatida ta’sirli o‘rin egallashini ta’minlash maqsadida Muhammad (sav) bilan yarashgan. 630 yilda Makkani musulmonlarga jangsiz topshirgan. Islom himoyasi uchun Hunayn va Toif janglarida qatnashib, bir ko‘zidan judo bo‘lgan. So‘ngra Rasululloh (sav) uni Najron viloyatiga hokim etib tayinlaganlar. Nabiullohning vafotlaridan keyin Shom fathida qatnashgan. Yarmuk jangida jasorat ko‘rsatib, ikkinchi ko‘zidan ham ajralgan. Xalifa Usmon (ra) davrida Abu Sufyonning o‘gli Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangan. Keyinchalik, Ali (kv) vafotidan keyin (661), xalifalik hokimiyatini qo‘lga olgan Muoviya umaviylar sulolasiga asos solgan.


Prince du Sang.png Bu maqola Monarxiya va sulolalar haqidagi maqoladi iltimos maqolani to'ldiring.

Manbalar[tahrir]