Avstraliya (davlat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Австралийdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Avstraliya Ittifoqi
Commonwealth of Australia
Avstraliya Hamjamiyati davlat bayrogʻi   Avstraliya Hamjamiyati davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: Advance Australia Fair
(Royal Anthem: God Save the Queen)
Avstraliya Hamjamiyati Xaritasi
Poytaxt Kanberra
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdo`stlig
 • Rohib Yelizaveta II
 • Gubernator-General Peter Cosgrove
 • Bosh Vazir Malcolm Turnbull
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 • Sana 1 yanvar 1901
Maydon  
 • Butun 7,682,300 km² (6-)
 • Suv (%) 0.76
Aholi  
 • 2007 roʻyxat 20,293,325 (52- oʻrin)
 • Zichlik 2/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$642,100 mil. (16-)
 • Jon boshiga AQSh$31,960
Pul birligi AAQShtralian Dollar (Avstralia dollari)
Vaqt Mintaqasi (UTC+8...+10.5)
 • Yoz (DST) (UTC+8...+11.5)
Qisqartma AS
Internet domen .au
Telefon prefiksi +61

Avstraliya, Avstraliya Ittifoqi (Commonwealth of Australia)— Jan. yarim shardagi davlat, A. materigi, Tasmaniya orol va boshqa orollarda joylashgan. Maydoni 7,682 mln. km². Aholisi 19 mln. kishi (1999). Poytaxti — Kanberra shahri

Davlat tuzumi[tahrir]

Avstraliya— Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. Avstraliyaning amaldagi Konstitutsiyasi 1901 yilda qabul qilingan. Davlat tuzilishi shakli jihatidan — federatsiya. Davlat boshlig‘i — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Konun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (vakillar palatasi va senat) federal parlament. Vakillar palatasi (quyi pa-lata) 3 yil muddatga, senat (yuqori palata) deputatlari har bir shtatdan 6 yil muddat-105ga saylanadi. Senat tarkibining yarmi har 3 yilda yangilanadi. General-guberna-tor va bosh vazir boshchilik qiladigan hukumat ijroiya hokimiyatni amalga oshiradi. Avstraliyaning har bir shtati o‘z kon-stitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega; shtatlarning huquqlari cheklangan.

Aholisi[tahrir]

Avstraliya hozirgi aholisining aso-siy qismi — Britaniya o.laridan ko‘chib kelganlarning avlodlari — inglizlar, irlandlar, shotlandlar bo‘lib, ular av-straliyaliklar millatini tashkil eta-di (qarang Avstraliyaliklar). Tub joy aholi va duragaylar Avstraliya aholisining 1,5% ni tashkil etadi; ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqa ham yashaydi. Bir necha yuz o‘zbek bor. Rasmiy tili — ingliz tili. Aholining o‘rtacha zichligi — 1 km² ga salkam 2 kishi. Aholining 80% ga yaqini materik-ning sharqiy va jan.-sharqiy sohilida istiqomat qiladi; aholining — 2/3 qismi yirik shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.

Tarixi[tahrir]

18-asrgacha Avstraliya aborigenlari ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelgan-lar. Yangi qit’ani o‘rganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788 yilda A. Angliya hududi deb e’lon qilindi.19-asrning 20-yillaridan boshlab A.da qo‘ychilik rivojlandi, 30-yillarda dast-labki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. 19-asrning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851—61) munosabati bilan ko‘chib keluv-chilar ancha ko‘paydi. Angliya hukumati A. dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilarning 1854 yildagi Evrika qo‘zg‘oloni va boshqa isyonlar) tazyiqi ostida 1855 yilda ularning ko‘pchiligiga o‘zini o‘zi boshqarish xuquqini berishga majbur bo‘ldi. 1901 yil A. dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga — Avstraliya Ittifoqiga birlashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906 yilda unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi (Yangi Gvineya o.ning jan.-sharqiy qismi), Birinchi jahon urushidan keyin esa (bu urushda A. qo‘shinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi (Yangi Gvineya o.ning shim.-sharqiy qismi) va Nauru orol (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida) berildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945 yildan Avstraliya— BMT a’-zosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari — liberal va agrar (1975 yildan milliy agrar) partiyalari koalitsiyasi bo‘ldi. Faqat 1949 yilgacha, 1972-75 yillarda va 1983 yilda hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yo‘ldan borish uchun bir qancha tadbir-larni amalga oshirdi. A. hukumati Nauru (1968) va Papua Yangi Gvineya (1975)ga mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. 1991 yilda A. bilan O‘zR o‘rtasida diploma-tiya munosabatlari o‘rnatilgan. Milliy bayrami — A. kuni (26 yanvar).

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari[tahrir]

Avstraliya milliy partiyasi, 1916 yilda tashkil etilgan; Avstraliya liberal partiyasi, 1944 yilda tuzilgan; A. leyboristlar partiyasi, 1891 yilda tashkil etilgan; A. demokratlari partiyasi, 1977 yilda tashkil etilgan. Avstraliya kasaba uyushmalari kengashi 1927 yilda tuzilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushma-lari konfederatsiyasiga kiradi.

Xoʻjaligi[tahrir]

Avstraliya— yuksak darajada rivojlangan industrial agrar mamla-kat. Iqtisodiyotda yirik monopoliya-lar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. A. temir ruda, boksit, rutil, qo‘rg‘oshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi o‘rinda, 106ko‘mir, rux, mis, marganes, bug‘doy, go‘sht eksport qilishda oldingi o‘rinlardan birida turadi.

Sanoati[tahrir]

Avstraliya sanoati yalpi milliy mahsulotning 30% ni beradi. Uning aso-siy tarmoqlari: konchilik, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Asosiy energetika resurslari — kumir va tabiiy gaz. Issiklik elektr stansiyalari elektr energiyaning 80% ga yaqinini hosil qilib beradi. 1994—95 yil 155 mlrd. kVt-s elektr energiyasi hosil qilingan. Eng katta temir ruda havzasi — G‘arbiy A.dagi Pilbara koni, rangli metall rudalari, asosan Broken-Xill (Yangi Jan. Uels) va Maunt-Ayza (Kvin-slend), boksitlar Ueypa koni (Kvin-slend) va Gov (Shim. hudud)dan qazib olinadi. 1994—95 yil Ill mln. tonna temir rudasi, 202 mln. tonna toshko‘mir, 32,9 mln. tonna neft, 20,7 mlrd. kub-metr tabiiy gaz, 256 t oltin qazib olingan. Sanoatda mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, neft kimyosi (oltin-gugurt kislo-tasi, mineral o‘g‘itlar) va neftni qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qiladi. 1994—95 yil 6,2 mln. t po‘lat, 237 ming t mis, 211 ming t qalay, 1,2 mln. t alyu-miniy va 360 min-gga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Oziq-ovqat sanoati ko‘proq eksportga (go‘sht, un, qand-shakar, sariyog‘-pishloq, pivo, vino) moslangan. To‘qimachilik, tikuvchilik, poyabzal korxonalari bor. Asosiy sanoat markaz-lari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert. Vullogong — Port-Kembla, Nyukasl, Jilong, Kuinana port-sanoat majmualari shakllangan.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

Avstraliya — yirik yer ega-ligi mamlakati. Foydalaniladigan yer-larning 80% dan ortig‘i yirik yer egalari qo‘lida. Fermalar sertovarligi, mexani-zatsiyalashuvi va ixtisoslashuvi bilan ajra-lib turadi. Avstraliya (davlat) mahsuloti qiymatining 60% dan ko‘prog‘ini chorvachilik beradi. Qo‘ylar 174 mln., qoramol — 24,1 mln. boshni tashkil etadi. Qo‘ychilikning asosiy rayonlari — jan.-sharqiy va jan.-g‘arbiy sohil; sut yetishtiruvchi rayon jan.-sharqiy sohil, go‘sht yetishtiruvchi rayon mamlakat sharqi va shimoli. Salkam 15 mln. gektarga ekin ekiladi, shundan 1,5 mln. gektari sug‘oriladi. Asosiy ekin-lar — bug‘doy (hosili yiliga o‘rtacha 14,3 mln. t) va shakarqamish, shuning-dek arpa, suli, supurgi, jo‘xori, sholi, makkajo‘xori, kartoshka, paxta, tama-ki, uzum, mevali daraxtlar. Bir yilda o‘rtacha 3,7 mln. t. shakar xom ashyosi, 3,7 mln. t. go‘sht, 720 ming t. jun yetishtiradi.

Transporti[tahrir]

1996 yilda avtomobil yo‘llari 900 ming km, jumladan qattiq qoplamali yo‘llar — 420 ming km, temir yoʻl— 40,6 ming km ni tashkil qildi. Asosiy dengiz portlari — Sidney, Melburn, ixtisoslashtirilgan portlar — Port-Xedlend, Dampir (temir ruda jo‘natish). Xalqaro aeroportlari: Sidney, Mel-burn, Pert, Darvin.

Tashqi savdosi[tahrir]

Eksportda qishloq xoʻjaligi mahsulotining ulushi 30%, mineral xom ashyo 27,8% va tayyor sanoat mahsulotlari 20% ni tashkil etadi. Tayyor iste’mol mollari, asbob-uskunalar, neft chet el-dan keltiriladi. Asosan Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qiladi. Pul birligi — A. dollari.

Tibbiy xizmati[tahrir]

Davlat kasalxona-laridan tashqari tibbiy xizmat aso-san xususiy shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladi. Shifokorlar soni 18 ming (721 kishiga 1 shifokor). Shifokorlarni universitetlarning 8 tibbiyot fakulteti tayyorlaydi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’-rifiy muassasalari. Avstraliyada bolalarga 6 yoshdan 15 yoki 16 yoshgacha (har bir shtatda har xil) majburiy ta’lim beriladi. Tub joy aholining 40% savodsiz. Davlatga va xususiy shaxslarga karashli makta-blar bor. Oliy ta’lim — pulli. Avstraliyada 26 universitet, 35 kollej bor. Eng yirik oliy o‘quv yurtlari: Sidney, Adelaida, Melburn universitetlari, Adelaida, Melburn texnika institutlari. Bir qancha akademiyalar, shu jumladan Avstraliya FA, institut institutlari va ilmiy jamiyatlar bor. Eng yirik kutubxonalar: Kanberradagi Milliy ku-tubxona, Sidney universiteti kutubxonasi va boshqa 107Muzeylar: Avstraliya muzeyi (Sidney), Viktoriya shtatining Milliy galereyasi (Melburn) va boshqa.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[tahrir]

Avstraliyada 70 dan ko‘proq kun-dalik gaz. (10 asosiy gaz.ning tiraji — 5 mln. nusxadan ziyod) va 592 boshqa davriy nashrlar chiqadi. Kundalik "Gerald-san nyus piktorial" ("Xabar-noma — Quyosh", 1990 yildan), "Sidney morning gerald" ("Sidney tong xabar-nomasi", 1831 yildan) eng salmoqli gaz. lar hisoblanadi. Asosiy axborot agent-ligi — Ostrelian assoshieyted press (1935 yilda asos solingan). 100 radiost-ya va 85 telemarkaz ishlaydi. "Ey-bisi" va "Ey-bi-es" umummilliy teleradio-eshittirish kompaniyasi mavjud. Radio-eshittirishlar 1923 yil, teleko‘rsatuvlar 1956 yildan yo‘lga qo‘yilgan.

Adabiyoti[tahrir]

Avstraliya adabiyoti ingliz tilida (aborigenlarning o‘z yozuvi yo‘q). 19-asrning 1-yarmida metropoliya adabi-yoti ta’sirida rivojlandi. Milliy realistik adabiyot 90-yillardagi ijti-moiy-siyosiy yuksalish muhitida yuzaga keldi. Unga T. Kollinz, X. Louson va boshqa asos soldi. Birinchi jahon urushi voqealari A. adabiyotining yanada ravnaq topishiga ko‘maklashdi. Bu davr asarlarida jabr-zulm fosh qilindi, aborigenlarning fojiasi aks ettirildi (K. S. Prichard, X. X. Richardson, E. V. Palmer, K. Tennant, B. Penton va boshqalarlar). A. Marshall, J. Morrison prozasida, B. Adamson, M. Gilmor poeziyasida jamiyat nuqsonlari tanqid qilindi, milliy mustaqillik g‘oyalari tarannum etildi. Irqiy kamsi-tish adiblarning muhim mavzuidir. Bun-ga F. B. Vikersning "Sarob" (1955), D. Kyuzekning "Quvg‘indagi quyosh" (1955) va "Qora chaqmoq" (1964), G. Keysining "Snoubol" (1958), D. Styuartning "Yen-di" (1959), M. Dyurekning "Uni saqla, ona yurtim" (1955) asarlari va boshqa asar-lar misol bo‘ladi. Dramaturgiyada hozirgi zamon muammolariga murojaat etilgan: A. Terner, S. Lokk-Elliot, K. Dankan, D. Kyuzek, O. Grey, R. Louler, M. Brend pesalari.

Meʼmorligi[tahrir]

A. da me’morlik 18-asr oxirlarida ingliz klassitsizmi va yangi gotikasi ruhida rivojlana boshladi. 19-asrning 2-yarmidan Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida shaharlarida to‘g‘ri bur-chakli ko‘p qavatli uylar qurildi. 20-asrning 20-yillaridan A. me’morligida yangi oqimlar, asosan konstruktivizm yoyi-la boshladi (poytaxt Kanberra, 1913—1927, me’mor U. Griffin). Zamonaviy inshootlar orasida Sidneydagi opera teatri (me’mor G. Zaydler), Melburn-dagi olimpiada stadioni (1956) va boshqa diqqatga sazovor.

Tasviriy sanʼati[tahrir]

Avstraliya badiiy mada-niyati ikki ilk asosga ega. Ularning biri aborigenlar san’ati (o‘ymakorlik, bumeranglarga naqsh solish, g‘orlardagi qoya toshlarda inson qiyofasini tasvir-lash), ikkinchisi — yevropacha madaniyat. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida A. tabiatining aynan aniq tasviri (K. Martene, A. L. Byuvelot), hajviy grafika (S.T.Xill) paydo bo‘ldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida hayotiy rangtasvir milliy maktabi rivojlandi (rassomlar J. U. Lambert, F. Mak-Kabin, N. Kuni-xon, haykaltarosh P. Dadsuel). 20-asrning 40-yillarida aborigenlarning yangi san’ati vujudga keldi (Namatjir va Pa-rerulya oilalari).

Musiqasi[tahrir]

Avstraliya tub joy aholisining musiqiy xalq ijodiyoti oddiy usullar jo‘rligida raqsga tushib, qo‘shiq aytish-dan iborat: cholg‘u asboblari — qayroq, dovul, dijeridu va shahrik. 18-asr oxirla-ridan yevropacha musiqa rasm bo‘la bosh-ladi. 1847 yilda Sidneyda A. Natanning "Avstriya Don Joni" degan birinchi A. operasi sahnalashtirildi. Adelaida, Melburn, Sidney, Brisben, Kanberra, Xobartda konservatoriyalar bor. A. musiqa arboblari — kompozitorlardan A. Xill, J. Antil, A. Benjamin, dirijyor B. Xeynse, skripkachi B. Kimber, xo-nandalar N. Melba, X. Bleyr va boshqa

Teatri[tahrir]

Avstraliyada dastlabki spektakllar 18-asrning 80-yillarida ko‘chib kelgan yevro-108paliklar tomonidan qo‘yilgan. 19-asrning 30—40-yillarida Sidney va boshqa shaharlarda doimiy ishlovchi teatrlar barpo etil-di. Milliy teatrning shakllanishida 20-asrning 10—30-yillarida adabiy-teatr birlashmalari ko‘mak berdi, ular aso-san mamlakatda yaratilgan pesalarni sahnalashtirdilar (K. S. Prichard, L. Esson, U. Mur, K. Uotson). Avstraliyaning "Odd tout", "Independent tietr" yetakchi mil-liy teatrlari tijorat teatrlariga ("Ti-vali" va boshqalar) qarama-qarshi turadi. Yangi teatrlar deb atalgan yarim professional teatrlar ham ishlab turibdi.

Kinosi[tahrir]

Mamlakatda kino ishlab chiqarish 1900-yilda boshlandi. 70-yillarda A. kinoni rivojlantirish federatsiyasi tuziddi. Hujjatli kino ommalashgan. Melburndagi Davlat ilmiy va sanoat tadqiqotlari tashkiloti ilmiy fil-mlar chiqaradi.[1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil