Sunʼiy yoʻldosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sunʼiy yoʻldosh - biror osmon jismi atrofida orbita boʻylab harakatlanadigan kosmik apparat. Dunyoda birinchi marta SSSRda Yer sunʼiy yoʻdsoshi (YESI) (1957), Quyosh (1959), Oy (1966), Venera (1975) Sunʼiy yoʻldoshlari, AQSH da Mars Sunʼiy yoʻldoshlari (1971) uchirilgan. YESY ning minimal uchish bal. 140–150 km, maksimal uchish balandligi bir necha yuz ming km. Orbita boʻylab aylanish davri 1,5 soatdan bir necha sutkagacha. Ekvator tekisligi yaqinidagi orbitada turuvchi YESY ekvatorial; Yer qutblari yaqinidan oʻtuvchi orbitadagi YESY kutbiy; aylanma ekvatorial orbitaga chiqarilgan, Yer sirtidan 35800 km ga uzoklashtirilgan va Yer aylanishi yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib, Yer aylanish yoʻnalishiga mos keluvchi YESI (Yer sirtidagi biror nuqtasida qoʻzgʻalmasdek boʻlib tuyuladi) statsionar deb ataladi. YESY ning asosiy turi orbital kosmik kema hisoblanadi va orbital st-yadan taʼminlanadi.