Pert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pert — Avstraliyaning jan.-gʻarbiy qismidagi shaqar. Gʻarbiy Avstraliya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,3 mln. kishi (1999). Suon daryosining Hind okeaniga quyilish joyidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln.t). Temir yoʻl stansiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Ogʻir va transport mashinasozligi, kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat sanoati korxonalari; universitet bor. Shaharga 1829 yilda asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil