Dominion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dominion (ing . dominion, lot. dominium — qaram yer) — ingliz qiroli (qirolicha)ni davlat boshligʻi deb tan olib kelgan va Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan davlat. Unga generalgubernator tayin qilingan. Dastlabki D.lar — Kanada (1867 y.dan), Avstraliya Ittifoqi (1901 y.dan), Yangi Zelandiya (1907 y.dan) va b. Hamdoʻstlik tuzilganidan keyin, garchi koʻpgina sobiq D.lar unga kirib, avvalgidek ingliz qirolichasini davlat boshligʻi deb hisoblasalarda (Kanada, Yangi Zelandiya va b.), D. atamasi qoʻllanilmaydigan boʻldi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil