Bosh vazir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bosh vazir (inglizcha: prime – birinchi; minister – vazir) – Hukumatni boshqaradigan yuqori mansabdor shaxs. Mutlaq monarxiya, dualistik monarxiya va prezidentlik respublikalarida davlat rahbari oʻz xohishiga koʻra yakka tartibda tayinlanadi, parlamentar mamlakatlarda esa parlamentda eng koʻp oʻringa ega boʻlgan partiya rahbari bosh vazir boʻladi. Bosh vazir hukumat ishiga mas’uldir, hukumat majlislarini tashkil qiladi va ularga raislik qiladi, hukumatning kun tartibini belgilaydi, vazirlarga topshiriqlar beradi, ularning ishini nazorat qiladi, hukumat qarorlarini imzolaydi, oʻz nomidan farmonlar va farmoyishlar chiqaradi. Bosh vazir isteʼfoga chiqsa, butun hukumat ham isteʼfoga chiqadi. Koʻpgina mamlakatlarda bosh vazir davlat rahbaridan keyingi ikkinchi mansabdor shaxs hisoblanadi. Davlat rahbari oʻz vazifalarini bajara olmagan taqdirda uning vakolatlari vaqtincha bosh vazirga oʻtadi. Bosh vazir alohida tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi (faqat davlat ayblovchisi ish qoʻzgʻatishi mumkin, ishni faqat oliy sud koʻrib chiqishi mumkin va hokazo).

Baʼzi mamlakatlarda bosh vazir xalq ovozi bilan belgilanadi, boshqalarida esa parlament uni (Qirgʻiziston Respublikasi, Qozogʻiston, Belorussiya, Rossiya Federatsiyasi) yoki davlat rahbari (Buyuk Britaniya, Fransiya) etib tayinlaydi.

Har bir mamlakatda bosh vazirning oʻz unvoni bor, masalan, Latviyada – vazirlar prezidenti; Germaniya va Avstriyada – kansler; Qirgʻiziston va Isroilda – hukumat boshligʻi, Italiya va Peruda uni Vazirlar Kengashi Raisi deb atashadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh vazirlik idorasi Gʻarbiy Yevropada XVI – XVII asrlarda paydo boʻlgan. Bosh vazir soʻzi birinchi vazir deb tarjima qilinadi. Fransiyada XVI – 17 asrlarda bosh davlat vaziri lavozimi paydo boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]