Adelaida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Adelaida – Avstraliya Ittifoqining janubidagi shahar. Janubiy Avstraliya shtatining ma’muriy mar-kazi. Aholisi shahar atrofi bilan 1,1 mln. kishi (1991). Torrens daryosi kesib oʻtadigan qurgʻoqchil sertepa joyda. 1836-yilda bunyod etilgan. A.– mamlakatning eng yirik sanoat markazi va portlaridan biri. Ikkinchi jahon urushigacha A. da asosan oziq-ovqat sanoati (un tortish, meva kon-servalash, vino sanoati), toʻqimachilik, tikuvchilik va poyabzal sanoati rivoj-langan edi. Mashinasozlik, elektroni-ka, elektrotexnika sanoatining yirik markazi. Kime, neftni qayta ishlash va kemasozlik, quvur-prokati korxonalari, universitet, rasadxona (1874), agrar institut (1924), konservatoriya, badiiy va tabiat tarixi muzeylari, suratlar galereyasi bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil