Hofiz (shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Хафиз Шерази.JPG

Hofiz, Xoja Hofiz Sheroziy (taxalluslari; asl ism-sharifi Shamsuddin Muhammad ibn Muham-mad) (1326 - Sheroz - 1389) — fors shoiri. Otasi bevaqt olamdan oʻtgach, H. tirikchilik uchun novvoylik bilan shugʻullangan. Zehni oʻtkir boʻlganli-gidan tez orada fiqh, hadis, arab tili va adabiyoti, Qurʼoni karim va uning tafsirini mukammal oʻzlashtirgan. U, xususan, Qurʼon qiroatida yuksak mahoratga erishib, uni 14 usulda tilovat qilgan. Maʼraka-yi-ginlarda Qurʼonni, qissaxonlik kechalarida xalq kitoblarini yoqimli ovozda oʻqib berib, roʻzgʻor tebratgan. Shuning uchun ham uni hofiz deb ulugʻlashgan va bu nom keyinchaliK shoirning adabiy taxallusiga aylanib ketgan. Yaxshi xattot ham boʻlgan. Turli kitoblarni koʻchirgan, Qurʼonni kitobat qilgan [Xusrav Dehlaviyning "Xamsa"sidan H. koʻchirgan 2—4-dostonning qoʻlyozma nusxalari (1355) hozirgi

Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida (inv. №2179) saqlanadi]. H. vaqtvaqti bilan shohlar saroyida xizmat qilgan. Shoh Shujoʼ Muzaffariyning (1358—84) taxtga chiqishini qutlagan, Shoh Mansurni (1388—92) uluglab, unga 6 gʻazal, 1 qasida hamda soqiynoma bagʻishlagan, lekin hayoti hamisha yoʻqchilikda oʻtgan. Baʼzi asarlarida oʻzining quvgʻinga uchraganini yozgan.

Adabiy merosi bitta lirik sheʼrlar devonidan iborat. "Devon"ni she-rozlik adabiyotshunos Muhammad Gulandom (14a. oxiri — 15-a. boshlari) tuzgan va u 19-a.da Yevropada nashr etilgan boshqa nusxalar uchun asos boʻlgan.

H. bir umr Sherozda yashagan. 14-a.

ning 70-y.lari boshida qisqa muddat Isfahon va Yazdda boʻlgan. Shoirning sheʼrlari Sherozdan tashqarida ham mashhur boʻlganligidan Ban-gola hukmdori Sulton Gʻiyosiddin, Dakan podshohi Shoh Mahmud Bahmaniylar H.ni oʻz saroylariga daʼvat qilib, sovgʻasalomlar yuborganlar. Sulton Ahmad bilan Uvays Jaloyiriy uni Bagʻdodga ham taklif qilishgan, lekin u bu taklifni rad etgan. U asosan mehnatkash va huquqsiz xalq tomonida turib, uning quvonchu tashvishlari, dardu alamlarini ota-shin misralarda kuylagani uchun yuqori tabaqalarga unchalik yoqmagan. H. komil musulmon boʻlib, ijodi Qurʼoni karim va Hadisi sharif chashmasidan suv ichgan.

H. moʻgʻullar hukmronligi inqirozga uchrab, mayda xonliklar oʻrtasidagi oʻzaro toju taxt talashlari avj olgan, bundan xalqning ahvoli xarob boʻlgan bir davrda yashab ijod etgan. Uning davrida Sheroz 5 marta ana shunday janglar girdobiga tortilib, oʻzi vayron, xalqi qatliom qilingan. Maʼrifatparvar va sheʼriyat muxlisi boʻlgan shayx Abuishoq Inju (1342—53) H.ni qoʻllab, unga homiylik qilgan. Maʼshuqa taʼrif-tavsi-fi, visol lazzatiyu hijron hasratini tarannum etish vositasi boʻlgan gʻazalga u ijtimoiy mavzular, fal-safiy fikrmulohazalarni omuxta qilgan. Oʻz davrining siyosiy manza-ralarini, maʼnaviy qiyofasini haqqoniy gavdalantirgan. U ishq mavzuiga olam va odam dardini, jamiyat muammolarini olib kirgan. Shoir insonning orzu-intilishlari, quvonchu qaygʻusi, dardu tashvishlari, muhabbati, fikru oʻylarini avj pardalarda kuylash bilan adabiyotning asosiy obʼyekti inson ekanligini amalda isbotlagan.

H. gʻazallari, avvalo, jozibali va yoqimli ohangi bilan har qanday oʻquv-chini oʻziga tortadi: hassos va isyonkor ruhi bilan uning qalbini toʻlqinlantiradi; rang-barang timsolu tashbehlari, yuksak badiiyati, keng va chuqur maʼnolari bilan aqlini band etadi. Qavat-qavat ramzu timsollar pardasiga oʻralgan sheʼrlari bir necha maʼno qirralariga ega boʻlganligi uchun ham har bir toifa uni oʻzicha talqin etadi, oʻz maqsadiga xizmat qildiradi. Chunonchi, tasavvuf olimlari H. ijodini ilohiy ishq kuychisi sifatida oʻrgansalar, Gʻarb va shoʻro adabiyotshunoslari dunyoviy nuqtai nazardan tahlil etadilar. Aslida shoir ijodida ilohiylik va dunyoviylik ajoyib bir tarzda uygʻunlashib ketgan. U yeru koʻkning yaratuvchisi boʻlmish Allohni taʼrif-tavsif etish, unga boʻlgan hassos muhabbatini kuylash bilan birga, inson haqida ham fikr yuritadi. H. devoni madrasalarda maxsus darsliklar qatorida oʻqitilgan. H. sheʼrlari tabiiyligi, samimiyligi va yuksak badiiyatga yoʻgʻrilganligi, mazmunan teranligi va serqatlamli-gi, falsafasining quyuqligi, nozik ishoralarga boyligi, uslubining murakkabligi uchun ham unga "lison ul-gʻayb" — "gʻoyibning tili" sifatini berganlar. Firdavsiy — masnaviyni, Umar Xayyom — ruboiyni qan-chalik takomilga yetkazgan boʻlsalar, H. ham gʻazalni shunchalik yuksak maqomga koʻtargan.

Oʻz ijodida may va u bilan bogʻliq timsollardan koʻp foydalangani uchun H. rind va mayparast sifatida ham mashhur. Tasavvuf adabiyotida sufiyona istiloh-timsollarni eng koʻp qoʻllagan va ularga eng koʻp maʼno yuklagan ham H. hisoblanadi.

H. oʻzbek adabiyotiga ham kuchli taʼsir oʻtkazgan. Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy, navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Amiriy, Munis, Ogahiy kabi barcha davr shoirlari H.ni oʻzlariga ustoz bilganlar, undan taʼsirlanib, sheʼrlar bitganlar. Navoiy "Devoni Foniy"da H. gʻazallari tatabbuʼida 220 dan ortiq gʻazal yozgan.

18-a. oxiri — 19-a. boshlarida eʼti-boran H. Gʻarb dunyosini ham oʻziga qaratdi. 1812 y.da Yozef fon Hammer shoir devonini toʻlaligicha tarjima qilib, nemis tilida nashr ettirgan. Shundan soʻng Germaniyada H.ga ergashib yozilgan sheʼrlar koʻpaygan, hatto nemis adabiyotida sharqona shakldagi sheʼrlar, gʻazallar paydo boʻlgan. I. Gyote "Gʻarbu Sharqdevoni"ni yaratgan. H.ni "noyob uslub daho-si", "muqaddas Hofiz", "Sharqning Volteri" deb ulugʻlashgan. Umuman, Gʻarbda H.ni Geyne, Gyote, Shelli, Volter, Bayron kabi ulugʻ yozuvchilar qatorida tilga olishgan. Rus adabiyotida ham H. katta shuhrat qozongan. A.Fet, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, V.Jukovskiy, S.Yesenin, P.Gnedich, V.Bryusov kabi rus shoirlari H. taʼsirida sheʼrlar yozganlar, uning ijodini yuksak baholaganlar.

Oʻzbekistonda Sh.Shomuhamedov, A.Hayitmetov, N.Komilov, H.Homidiy va b. H. haqida tadqiqot olib borganlar. Shoir sheʼrlari A.Avloniy, Xurshid, Chustiy, Muinzoda, Vasfiy, Sh.Shomuhamedov, J.Jab-borov, E.Vohidov, J.Quvnoq, M.Kenjabek tomonidan tarjima qilingan.

H. oʻzi sevgan Musallo bogʻida dafn etilgan va uning sharofati bilan keyinchalik bu bogʻ "Hofiziya" nomini olib, jahon ilmu adab ahlining ziyoratgohiga aylangan. Temuriylardan Abulqosim Bobur shoir qabrini obod qildirgan. Soʻng Eron hukmdorlaridan Karimxon Zand hozirgi sagʻanani qurdirgan (18.11).

Manbalar[tahrir]

  • Gʻazallar, T., 1958;
  • Kulliyot, Dushanba, 1983;
  • Hofiz Sheroziy sheʼriyatidan, T., 1985;
  • Ishqdaftari, T., 2000.

Adabiyot[tahrir]

  • Shomuhamedov Sh., Hofiz Sheroziy, T, 1965;
  • Navoiy va alabiy taʼsir masalalari, T., 1968;
  • Braginskiy I.S., Iz istorii persidsko-tadjikskoy literaturm, M., 1972;
  • Salomov Gʻ.,Komilov N., Doʻstlik koʻpriklari, T., 1979.

Ergash Ochilov.