Muhammad Iqbol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alloma Doktor Muhammad Iqbol ( 1877 - 1938 yillar), mashxur Hind shoir, faylasuv va davlat arbobi. Bundan tashqari, yigirmanchi asrda islom jamiyatining eng o`rnakka sazovor farzandlaridan xisoblanadi. Ilk ta'limini uyda ota-onasi yonida boshlaydi, keyinchalik Hind, Ingliz (Xuquq bo`yicha Magistratura) va Nemis (Falsafa fanlari doktori) universitetlarida shakllantiradi.

Islom olamida Alloma Iqbol nomi bilan yodga olinadi. Hindiston mustaqilligi uchun olib borilgan siyosiy kurashlarda faol ishtirok etgan. Hindistonda hindular va musulmonlar o`rtasidagi kelishmovchilik va o`zaro kurashning avj olib ketgani va ikki jamiyat o`rtasida sulhga erishish imkonsiz ekanligini tushunib yetgani uchun, Hindiston musulmonlari uchun mustaqil davlat tuzish g`oyasini yoqlab chiqadi. U kishi Pokiston davlati qurilishdan oldin vafot qilgan bo`lsada, bu g`oyani ilk yoqlab chiqqan inson sifatida Pokistonning ma'naviy asoschisi xisoblanadi. Pokiston xalqi hurmat bilan Alloma Iqbolni "Pokiston mutafakkiri" va "Sharq shoiri" sifatida yodga oladi. Alloma Iqbol nafaqat Pokiston va Hindistonda, balki dunyoning ko`p mamlakatlarida hozirgacha hurmat bilan yodga olinadi va asarlari sevilip o`qiladi. Shu jumladan, O`zbekiston va Markaziy Osiyoda ham.

Hindiston va butun dunyo musulmonlari, ayniqsa yoshlariga o`z sherlari va maqolalari bilan juda qattiq ta'sir ko`rsatgan. Fors, urdu va ingliz tillarida ijod qilgan.Asrori Hudi, Jawodnoma kabi go`zal sher turkumlari bilan bir qatorda, "Islomda diniy fikrni qaytadan qurish" The reconstruction of religious thought in Islam kitobi din bilan jamiyat, falsafa, ilm va xuquq kabi sohlar o`rtasidagi aloqalar, ushbu soxalarni rivojlantirish va zamonaviy fan uchratgan muammolarni yechish uchun Qur'on va Islom darslari juda keng istiqbollar ochib berishligini juda go`zal shaklda ko`rsatib bergan mumtoz asar xisoblanadi. Alloma Iqbolning asarlari mana bir asrga to`lip qolayotgan bo`lsada, hozirgi juda muammoli dunyoda bazi juda muhim prinsiplarni yoritip beraolishi va fikrlarimizni rivojlantirish uchun juda keng istiqbollar ochib beraolish kuchi uchun, hali ham o`z dolzarbligini yo`qotmagan.

Mashxur so`zlaridan : "Agar sen Qur'onni tushunmoqchi bo`lsang, uning oyatlarini xuddi senga yangidan vahiy qilinayotgandek xis qilip o`qigin".

Alloma Iqbol haqida: "Iqbolning insoniyatga eng buyuk chaqirig`i: Iso kabi yuraging bo`lsin, Suqrot kabi fikring va Qaysar kabi qo`ling bo`lsin. Lekin shularning hammasi sen, oddiy bir insonda yagona ruh ostida va yagona bir maqsad uchun birlashgan bo`lsin. Yani, Iqbolning o`zi kabi bo`l." [www.shariati.com Ali Shariati]

Qo`shimcha ma'lumot uchun