Beruniy tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Beruniy tumani
Берунийский район
tuman
Tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Tarkibida Qoraqalpogʻiston
Maʼmuriy markazi Beruniy (shahar)
Yirik shahari Beruniy shahri
Hokim Ikrom Xidirov
Rasmiy tillar Oʻzbek. Qoraqolpoq
Aholi 201.2 ming kishi
Zichligi 51.195 kishi./km²
Millatlar tarkibi Oʻzbek, Qozoq, Turkman, Qoraqalpoq, Rus, Koreys
Dinlar tarkibi musulmonlar
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi
 Oʻrtacha balandligi
 Eng past joyi


 478 m. (Sulton uvays togʻida Ashitov choʻqqisi) m
 70-80 m. m
 60 m
Vaqt mintaqasi UTC+4
Telefon kodi

8(361)524......

8 (361)529......
Pochta indeksi 743600, 230220
Internet domeni .uz
Avtomobil raqami kodi 95, 99
Rasmiy sayti https://beruniy-tumani.uz/
Xaritada
Beruniy tumani xaritada
Koordinatalari: 41°41′9″N 60°44′48″E / 41.68583°N 60.74667°E / 41.68583; 60.74667 G O

Beruniy tumaniQoraqalpogʻiston Respublikasida 1927-yil 3-iyulda tashkil etilgan tuman (1962-yil 24-dekabrda Toʻrtkoʻl tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan). Beruniy tumani Oʻzbekiston Respublikasining shimoliy-gʻarbida, Amudaryoning oʻng sohilida, shimoliy-sharqda Ellikqalʼa tumani, gʻarbda Amudaryo tumani, shimoliy-gʻarbda Qoraoʻzak va Taxtakoʻpir tumanlari, janubda Xorazm viloyati joylashgan. Maydoni 3,94 ming km². Aholisi 201,2 ming kishidan oshib bormoqda (01.01.2024)[1]. Beruniy (tuman) da 1 ta shahar (Beruniy) va 11 ta ovul fuqarolari yigʻini (Beruniy, Biybozor, Doʻstlik, Navoiy, Ozod, Oltinsoy, Sarkop, Tinchlik, Shabboz, Shimom, Qizilqalʼa) bor. Markazi—Beruniy shahri[2].

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beruniy tumanining shimolida Qizilqum choʻli, gʻarbida Baday toʻqayzori va Sulton Uvays togʻi bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —15°C, —20°C, iyulniki 28°C ga teng. Yiliga 100–200 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 200—220 kun. Tuman janubidan Amudaryo oqib oʻtadi. Tumanda Oqchakoʻl, Amirobod koʻllari bor. Paxtaarna kanalining davomi boʻlgan Boʻzyop kanali mavjud. Amudaryodan Shimomyop, Qozoqyop, Beshtom, Nayman kanallari chiqarilgan. Nayman kanalidan Qattiqoqar, Sovqumyorgan ariqlari suv oladi. Tumanda Nayman—Beshtom nasos stansiyasi ishlab turibdi. Tuproqlari shoʻrxok, qumloq, boʻz tuproqdan iborat. Chiyaboʻri, boʻrsiq, qobon, quyon, toshbaqa, parrandalardan qirgʻovul va boshqalar yashaydi. Tuman hududida Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi joylashgan.

Aholisi, asosan oʻzbeklar boʻlib, qoraqalpoq, qozoq, turkman, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 27,5 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 50,9 ming kishi, qishloq aholisi 43,8 ming kishi (2000).

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beruniy (tuman) iqtisodiyoti negizini paxtachilik tashkil qiladi, shu sababli tuman sanoati ham paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yogʻ zavodlari, temirbeton, gʻisht va asfalt zavodlari bor. Shuningdek, tumanda dehqonchilik, bogʻdorchilik, ipakchilik va chorvachilik ham yaxshi rivojlangan[3].

Tumanda 54 kichik korxona va 27 kooperativ korxona, 15 aksiyadorlik jamiyati, 47 firma, 33 xususiy korxona mavjud (2000). Bulardan eng muhimlari: paxta tozalash zavodi, „Temur“ xususiy korxonasi, „Yoggar“ aksiyadorlik jamiyati kabilar.

Beruniy (tuman) da sugʻoriladigan yerlar 31,5 ming ga, shu jumladan 15,2 ming ga yerga paxta, 0,8 ming ga yerga sabzavot, 3,0 ming ga yerga beda, 0,8 ming ga yerga makkajoʻxori, 1,0 ming ga yerga sholi ekiladi. Beruniy (tuman) da 2 jamoa xoʻjaligi, 11 dehqon fermer xoʻjaligi uyushmasi, 27 kooperativ xoʻjaligi, 200 ga yaqin fermer xoʻjaligi, 2 ijara xoʻjaligi, 1 xoʻjalik hisobidagi uchastka bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 46,3 ming qoramol, 41,3 ming qoʻy va echki, 163,7 ming parranda, 0,5 ming ot boqiladi (2000). Tuman transportida ToʻrtkoʻlNukus avtomobil yoʻli asosiy rol oʻynaydi. Amudaryoda kemada yuk tashish ham salmoqli oʻrin tutadi.

1999—2000-oʻquv yilida 57 ta umumiy taʼlim maktabida 23393 oʻquvchi, 2 ta litseyda 1330 oʻquvchi taʼlim oldi. 36 ommaviy kutubxona, 5 madaniyat uyi, 850 oʻrinli 9 kasalxona va dispanser, 57 tibbiyot punkti boʻlib, ularda 354 vrach, 1607 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1946-yildan (Paxtakor-eski nomi) „Xalq minbari“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 3100). Beruniy tumanida jami 8 ta kollej mavjud boʻlib, ulardan 5 tasi shaharda, 3 tasi qishloq joyda joylashgan (2013).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Республика стат. Управление. Численность поятояного населения на. 1.01.2024 г. п/п №4.
  2. "Beruniy tumani" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. К.Қунназаров. Бес қала. Теңиздиң әтирапы елим. Нөкис. 2010.