Orol dengizi
Orol dengizi (qoz. Арал Теңізі, Aral Tengizi, qor. Aral ten'izi) Oʻrta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasidir. Shimoldan Qozogʻiston, janubdan Qoraqalpogʻiston (Oʻzbekiston) yerlari bilan oʻralgan.
1960-yillargacha maydoni 68,000 km2 boʻlib, dunyoda kattaligi boʻyicha toʻrtinchi koʻl boʻlgan. Biroq, uni taʼminlovchi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining koʻp miqdorda irrigatsiyaga sarflanishi uning hajmini keskin kamaytira boshladi. 2007-yilga kelib, Orol dengizi maydoni 50 yil avvalgiga nisbatan 90% qismini yoʻqotib, uchta alohida koʻlga aylandi.[1] Shoʻrlik oshishi Orol dengizi va atrofidagi nabotot va hayvonot qirilishiga sabab boʻldi. Mahalliy iqlim oʻzgardi; yoz issiqroq, qish esa quruq va sovuqroq boʻla boshladi.
2010-yil maʼlumotlariga koʻra Orol dengizi maydoni 13,900 km2 dir.[2]
1996-yil yanvarida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasida Orol dengizi ekologik holatini yaxshilashga doir shartnoma imzolandi.
[tahrir] Manbalar
- ↑ Reclaiming the Aral Sea, Scientific American, mart, 2008
- ↑ http://www.ntsomz.ru/projects/eco/econews_271108_beta
[tahrir] Ishoratlar