Shumanay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shumanay
shahar
42°38′19″N 58°55′2″E / 42.63861°N 58.91722°E / 42.63861; 58.91722 G OKoordinatalari: 42°38′19″N 58°55′2″E / 42.63861°N 58.91722°E / 42.63861; 58.91722 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Qoraqalpogʻiston
Hukumat
Asos solingan 1926
Avvalgi nomlari shomanay
67 m 67 m
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i Qoraqalpoq tili
Aholisi
 (2014)
25 400
Milliy tarkib qoraqalpoqlar, oʻzbeklar, qozoqlar, turkmanlar
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 6134
Avtomobil kodi 95
Shumanay xaritada
Shumanay
Shumanay
Shumanay xaritada
Shumanay
Shumanay

Shumanay — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumanidagi shahar, tuman markazi. Nukusdan 75 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi —Qorabayli (22 km). Aholisi 30,2 ming kishi (2014). Aholisi va xoʻjaliklari Shumanay kanalidan suv oladi. Mahalliy tarixchilarning maʼlumotlariga koʻra, Sh. Amudaryo Kaspiy dengiziga quyilib turgan paytlarida va undan keyingi, Aybuyir (Jampiqqalʼa) etagi orqali Orol dengiziga quyilgan davrlarda bir qadar yirik aholi punkti boʻlgan. Amudaryo oʻzanini oʻzgartirgandan keyin Sh. hududi choʻlga aylangan va bir asrga yaqin qalin changalzor boʻlib yotgan. 1940-yillarning boshidan Sh. hududiga hozirgi Navoiy viloyatining Tomdi, Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanlaridan yeri unumsiz boʻlib qolgan qishloqlar aholisi, qoʻychilik bilan shugʻullanuvchi chorvadorlar koʻchib kelishgan.

shahrida "Shumanay momigʻi" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli paxta tozalash zavodi, gʻisht zavodi, xoʻjaliklararo koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, qurilish-taʼmirlash boʻlinmasi, qishloq qurilishtaʼmirlash korxonasi bor. Avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Umumiytaʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, 3 kasb-hunar kolleji, bioekosan markazi, kasb-hunar oʻrganish markazi mavjud. Madaniyat saroyi, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, sport majmuasi va boshqalar sport inshootlari bor. Markaziy tuman kasalxonasi va uning boʻlimlari, poliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tumanda 14 ta qishloq bor.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 4 5 9 16 21 26 28 26 25 17 11 7 16,7
Oʻrtacha minimal, °C −4 −3 2 8 11 15 17 16 11 6 2 −2 6,6
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 11 9 16 17 10 7 4 6 10 13 16 14 133