Juvayniy (tarixchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Juvayniy, Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad al-Juvayniy (1226, Gʻarbiy Xuroson, Juvayn viloyati, Ozodvor qishlogʻi — 1283, Ar-ron) — tarixchi olim va davlat arbobi. Yoshligidan arab, fors, moʻgʻul, uygur tillarini mukammal oʻrgangan. Xurosondagi moʻgʻul hukmdorlari Qirkoʻz, Argun ogʻa va Huloku devonida xizmat qilgan. 1247—53 y.larda Qoraqurum (Moʻgʻuliston)ga borgan. Elxonlarnnng Bagʻdoddagi noibi (1259—83, tanaffuslar b-n).

J. Moʻgʻuliston, Oʻrta Osiyo hamda Eronning 13-a.dagi ijtimoiysiyosiy tarixidan hikoya qiluvchi "Tarixi jahonkushoy" (1260) nomli shoh asari bilan shuxrat topdi. Asar 3 qismdan iborat: 1) moʻgʻullar; ularning Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon davri (1246—48) gacha, shuningdek, Joʻjixon, Chigʻatoy va avlodlarining tarixi; 2) Xorazmshoxlar va Xurosonning moʻgʻul xukmdorlari davridagi (1258 y.gacha) tarixi; 3) Hulokuxonning Eronni zabt etishi (1256—58), shuningdek, ismoiliylar va ularning davlati tarixi batafsil bayon etilgan. Oʻrta Osiyo tarixi uchun asarning 1—2 qismlari alohida qimmatga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil