Moʻgʻullar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moʻgʻullar davlati - 13-a.

ning 1-yarmida Chingizxon va uning vorislarining istilochilik urushlari natijasida barpo etilgan davlat. 1206 y. bahorda Moʻgʻulistondagi turli toifa qabilalar sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga "Chingizxon" ("Ulugʻ xon") deb nom berilgan, tashkil etilgan davlat "Yakka mongol ulus" deb atalgan. Chingizxon hokimiyatni mustahkamlash yoʻlida bir qancha islohotlar oʻtkazgan. Jumladan, ming oilani bir maʼmuriy birlikka boʻlishga asoslangan va harbiy tus berilgan yangi maʼmuriy tuzum joriy etilgan. Unga koʻra, Chingizxonga tobe boʻlganlar jami 95 ta "ming oila" birligiga boʻlib chiqilgan va bularning har biriga urush davrida Chingizxonga sadoqat bilan xizmat koʻrsatgan kishilar boshliq qilib tayinlangan. Lekin amalda ayrim mingliklar bir necha ming oiladan iborat ham boʻlgan. Min-gliklarni tashkil etishda imkon boricha bir toifadagi qardosh avlodlarni va qabilalarni bir-biridan ajratmaslikka eʼtibor berilgan. Mazkur "ming oila"lar, oʻz navbatida, gʻarbiy "oʻng qanot" va sharqiy "soʻl qanot", markaziy va togʻliklar kabi 4 qismga boʻlingan. har bir ming oila yuzlikka va oʻnlikka boʻlingan. Aholini roʻyxatga olish ishlari amalga oshirilgan. 15 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan erkaklar harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan. Qoʻshinda qattiq tartib oʻrnatilgan, qonunbuzarlar uchun qattiq jazo, qonun ustuvorligini himoya qilganlarga esa hurmat bildirilib, mukofot belgilangan. Savdo yoʻllari, avvalambor Buyuk ipak yoʻlining xavfsizligini taʼminlab, undan toʻla foydalanishga eʼtibor berilgan. Bu tadbirlar Chingizxon hokimiyatini mustahkamlashda ijobiy samara bergan.

Chingizxon moʻgʻullardan koʻp sonli yaxshi qurollangan, qattiq institutizomga asoslangan va uyushgan qoʻshin tuzadi. 13-a. muallifi Juvayniyning yozishicha, osoyishtalik davrida chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan barcha moʻgʻul aholisi muqoraba eʼlon qilinishi bilan tezda oʻn, yuz, ming , oʻn ming jangchi — tuman boʻlinmalaridan iborat muntazam qoʻshinga aylantirilardi. Har bir jangchi harbiy yurish vaqtida oʻzita zarur boʻladigan qurol-yarogʻ, turli an-jomlar va ot-ulovlarini oldindan tayyorlab qoʻyishga majbur boʻlgan. Qoʻshin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Tuman boʻlinmalariga, odatda, shahzodalar qoʻmondonlik qilgan. Asosiy qoʻshindan tashqari, Chingizxon ixtiyorida harbiy zodagonlardan tuzilgan maxsus gvardiya ("keshik") ham tashkil etiladi. Bu gvardiya faqat favqulodsa sodir boʻladigan xavf-xatarga qarshi tashlanardi. Davlat maʼmuriyatini markazlashtirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qalʼasini oʻz imperiyasining poytaxtiga aylantiradi. Xatsavodga mutlaqo ega boʻlmagan, madaniyati ni-hoyatda tuban moʻgʻullar davlat boshqaruv ishlarida uygʻurlardan hamda musulmon savdogarlaridan foydalandilar. Chingizxon va noʻyonlarining maslahatchilari, mirzolari va baʼzi bir mulk maʼmurlari, asosan, uygʻurlardan boʻlgan. Mac, Sharqiy uygʻurlar xoni Idiqut (Saodatbek) xonning yaqin doʻsti va maslahatchisi edi. Tashatun ismli uygʻur esa davlat muhrdori lavozimini hamda shahzodalarni xatsavodga oʻrgatuvchi ustod vazifasini bajargan. Chingizxon tarqoq jangari moʻgʻul urugʻlarini birlashtirgach, tajo-vuzkorliksiyosatini yurgizdi (q. Moʻgʻullar istilosi). Zabt etilgan oʻlka va viloyatlarni Chingizxon 1224 y.da oʻgʻillari va nabiralariga taqsimlab berdi. Jan. Sibir, Dashti Qipchoq, Volga boʻyi, Xorazm va Darbandgacha boʻlgan oʻlka Chingizxonning toʻngʻich oʻgʻli Joʻjiga (uning vafotidan keyin esa, nabirasi Botuga meros boʻlgan) topshirildi, Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Mo-varounnahrga uning 2-oʻgʻli Chigʻatoy ega boʻldi. Chingizxon oʻz vatani Moʻgʻulistonni, shuningdek, Xitoyni 3-oʻgʻli va vorisi Oʻqtoyga berdi. Kenja oʻgʻli Tulugʻa esa Xuroson, Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, moʻgʻullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlab boshqarishga kirishadi.

Chingizxonning nabirasi Munke hukmronligi davrida (1251—59) M.d. tarkibiga Moʻgʻuliston, Shim. Xitoy, Koreya, tangutlarning Si-Sya podsholigi, Markaziy va Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Afgʻoniston va Rus yerlarining aksariyati kirgan. Biroq, M.d.da ichki birlik yoʻq edi, u turli tillarda soʻzlashuvchi koʻplab xalqlarni zoʻrlik bilan birlashtirgan edi, bu xalqlar turli ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida boʻlib, ularning koʻpchiligi taraqqiyot darajasiga koʻra moʻgʻullardan ancha ustun edilar. Munke oʻlimidan soʻng M.d. parchalanib keta boshlagan. Undan dastlab Botu (1236—55 y.lar hukmronlik qilgan) va Xuloku (1256—65 y.lar hukmronlik qilgan) uluslari ajralib chiqib, moʻgʻullar sulolasi hukmronligi ostida mustaqil davlatlar tuzganlar (Oltin Oʻrda, Hulokuiylar davlati). Bu davlatlar M.d. ishlariga aralashmaganlar va oʻz navbatida, boshqalarning ham ularning ishlariga aralashishiga yoʻl qoʻymaganlar. Munkening oʻrniga taxtga chiqqan ukasi Xubilay (1260—94 y.lar hukmronlik qilgan) davrida moʻgʻullar Xitoyning butun hududini bosib olishgan. Xubilay va uning vorislari saltanati Yuan deb atala boshlagan. 1368 y. Xitoydagi xalq qoʻzgʻoloni natijasida moʻgʻullar u yerdan quvilganlar. Kulikovo jangits&ch soʻng moʻgʻullarning Rusdagi hukmronligiga darz ketgan. 14-a.ning 2-yarmida Eron, Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda moʻgʻullar hukmronligi tugatilgan. 14-a.ning soʻnggi choragida M.d. barham topgan. 15-a.da Esenxon (1440—55 y.larda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543 y.larda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashib M.d.ni tiklashga harakat qildilar. Ammo bu harakatlar natija bermadi. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Jan. Mongoliya va Shim. Mongoliyaga boʻlinib ketdi. Shim. Mongoliya ham, oʻz navbatida, Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da Mongoliyaning 3 qismida jami 200 hokimlik (knyazlik) mavjud edi.

Abdulahad Xoʻjayev, Abdulahad Muhammadjonov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil