Xartum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

XartumSudanning poytaxti. Mamlakatning eng yirik shahri, savdomoliya, sanoat va madaniyat markazi. Koʻk Nilning chap va Oq Nilning oʻng sohilida, ular qoʻshilgan yerda 380 m balandlikda joylashgan. Aholisi 1 mln. kishi (1998). Iqlimi tropik, quruq va issiq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 23°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 160 mm. Transport yoʻllari chorrahasi, daryo porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Xartumda xorijiy va davlat banklari, savdo firmalari shtabkvartiralari joylashgan. Oziq-ovqat, paxta tozalash, trikotaj, toʻqimachilik, koʻnteri, rezinatexnika, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. universitet, Qohira universiteti filiali, teatr va muzeylar bor.[1]

Shaharga 1822 yilda misrliklar harbiy lager sifatida asos solgan, 1825 yildan Sudan poytaxti. 1898 yilda inglizlar bosib olgan. 1956 yildan mustakil Sudan poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan Respublika saroyi (1889), Jome masjidi (1900) va boshqa saklangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 "Xartum" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil