Praya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PrayaKabo-Verde davlati poytaxti. Santyagu orolning jan. sohilida. Aholisi 62 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Atlantika okeani sohilidagi port (chetga apelsin, shakarqand, kofe chikariladi). Transatlantika dengiz yoʻllari tuguni. Baliq va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, temir-beton, keramika bu-yumlari zavodlari, mebel, tikuvchilik fabikalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Badiiy hunarmandchilik ustaxonalari, maishiy elektrotexnika buyumlarini yi-gʻish va taʼmirlash korxonalari ishlab turibdi. Moxov kasalligiga qarshi ku-rashish markazi. Shaharga 15-asr oxirlarida asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil