Mbabane

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mbabane — Svazilend poytaxti. Xoxo okrugi ning maʼmuriy markazi. Mamlakatning shim.-gʻarbida, Ndimba togʻlari etagida, 1150 m balandlikda joylashgan. Aholisi 40 ming kishidan ziyod (1990 yillar oʻrtalari). Iyulning oʻrtacha temperaturasi 12°, yanvarniki 24°. Yillik yogʻin oʻrtacha 1400 mm. Avtomobil yoʻli orqali Maputu (Mozambik) porti bilan boglangan. Metallsozlik, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. M. yaqinidan asbest qazib olinadi. Un-t, kutubxona bor. Shaharga 17-asrning oxiri — 18-asrning boshlarida asos solingan. 1903—68 yillar Svazilend Britaniya protektoratining maʼmuriy markazi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil