Tan olinmagan va qisman tan olingan davlatlar
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Tan olinmagan va qisman tan olingan davlatlar - oʻzini mustaqil davlat deb eʼlon qilgan hududlar hisoblanadi. Davlat siyosati va tuzumi, rasmiy nomi, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) va hukumati mavjud davlatlar hisoblanadi. Ushbu davlatlar BMTga aʼzo davlatlar tomonidan diplomatik tan olinmagan hisoblanadi. Ularning hududlari esa bitta yoki bir nechta davlatlar suveriniteti va hududi ostida hisoblanadi.
Qisman tan olingan davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
[[|]] Abxaziya Respublikasi - Gurjiston Konstitutsiyasi boʻyicha muxtor respublika hisoblanadi, 1992-yildan boshlab de-fakto mustaqil davlat. Rossiya, Nikaragua, Venesuela, Nauru va Vanuatu tomonidan tan olingan. Boshqa barcha davlatlar Abxaziyani Gurjistonning bir qismi deb hisoblaydi.
Shimoliy Qibris Turk Respublikasi - 1974-yilda Turkiya qurolli kuchlari Qibrisga kirib kelgandan soʻng 1983-yilda mustaqilligini eʼlon qilgan davlat. Turkiya va Abxaziya tomonidan tan olingan. Boshqa barcha davlatlar Shimoliy Qibris Turk Respublikasini Qibrisning bir qismi deb hisoblaydi.
South Ossetia Janubiy Osetiya Respublikasi - Gurjiston Konstitutsiyasi boʻyicha Gurjistonning bir qismi. 1991-yilda de-fakto mustaqillikka erishgan. Rossiya, Nikaragua, Venesuela va Nauru tomonidan tan olingan. Boshqa barcha davlatlar Janubiy Osetiyani Gurjistonning bir qismi deb hisoblaydi.
Tayvan Xitoy Respublikasi - 23 ta davlat tomonidan tan olingan.
Sahroi Kabir Arab Demokratik Respublikasi - hududining koʻp qismi Marokash tomonidan nazorat qilinadi. 47 ta davlat tomonidan tan olingan.
Kosovo Kosovo Respublikasi - Serbiya Konstitutsiyasi boʻyicha Serbiyaning bir qismi. 2008-yilda mustaqillikni eʼlon qilgan. 108 ta davlat tomonidan tan olingan.
Palestine Falastin Davlati - 135 ta davlat tomonidan tan olingan.
Donetsk Xalq Respublikasi - Janubiy Osetiyadan boshqa davlatlar tan olmagan.
Tan olinmagan davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Transnistria Dnestroldi Moldav Respublikasi
- Andoza:Country data Nagorno-Karabakh Togʻli Qorabogʻ Respublikasi
Liberlend
Somalilend Respublikasi
Baʼzi davlatlar tomonidan tan olinmagan BMTga aʼzo davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Pokiston tomonidan tan olinmagan.
Isroil - 21 davlat tomonidan tan olinmagan.
Qibris - Turkiya tomonidan tan olinmagan.
Shimoliy Koreya - Janubiy Koreya, Yaponiya, Fransiya va Estoniya tomonidan tan olinmagan.
Janubiy Koreya - KXDR tomonidan tan olinmagan.
Xitoy - Xitoy Respublikasini tan olgan davlatlar tomonidan tan olinmagan.