Moroni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MoroniQamar Orollari poytaxti, Ngazidja orolda, vulkan etagida joylashgan. Aholisi 25 ming kishidan ziyod. Dengiz porti. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Prezident qarorgohi, hukumat va maʼmuriy binolar joylashgan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari mavjud. Vanil, kakao, kopra bilan savdo qilinadi. Meʼmoriy binolardan masjidlar (minoralari bilan) arab meʼmorligi uslubida qurilgan.