Maseru

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MaseruLesoto poytaxti (1966). Dengiz sathidan 1500 m balandlikda, mamlakatning gʻarbiy chegarasi yaqinida, Kaledon daryosi (Oranj irmogʻi)ning chap sohilida joylashgan. Aholisi 63 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Savdo-transport markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qayta ishlovchi sanoat korxonalari, remont ustaxonalari, mebel, tikuvchilik, kurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari va boshqa mavjud. Aholisining koʻpchiligi qishloq xoʻjaligida, bir qismi JARning oltin konlarida ishlaydi. Qishloq xoʻjaligi kolleji, shahar yaqinida milliy universitet, kutubxona, telemarkaz bor. Shaharga 1869 yilda asos solingan, 1966 yilgacha mustamlaka markazi, keyinroq mustaqil davlat poytaxti boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil