Lilongve

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lilongve — Malavi poytaxti. Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. 1100 m balandlikda joylashgan. Aholisi 440,4 min kishi (1998). Iklimi ekvatorial, mussonli iqlim. Yillik oʻrtacha temperatura 20°, yiliga 2500 mm gacha yogʻin yogʻadi. L. — Malavini Mozambik va Zambiya bilan bogʻlovchi asosiy temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Tamaki ekiladigan r-n markazi. Tamaki, makkajoʻxori va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, kiyim-kechak f-kalari, tamaki auksioni bor. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Shaharga 1902 yilda ingliz mustam-lakachilari tayanch punkti sifatida asos solingan. 1964 yilda mamlakat poytaxtini Zombadan L.ga koʻchirish haqida qaror qabul qilindi. 1975 yildan L. — rasmiy poytaxt. L.da Zomba unti tarkibidagi qishloq xoʻjaligi kolleji va "Kamuzu" kolleji, Milliy kutubxona va boshqa bor. Eski shahar va yangi poytaxt qismlaridan iborat.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil