Bangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bangi yoki BanguiMarkaziy Afrika Respublikasi poytaxti, mamlakatning eng yirik shahri. Ubangi daryosidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 790 ming kishi (2014)[1]. Bangi fransuz mustamlakachilarining harbiy istehkomi (1894) boʻlgan. Bangi dastlab Ubangi-Shari hududining maʼmuriy markazi (1958 — 60 yillarda muxtor Markaziy Afrika Respublikasining poytaxti). Mamlakatning asosiy savdo va sanoat markazi, toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, taxta tilish sanoati korxonalari mavjud; avtomobil yoʻllari tuguni. Sanʼat va hunarmandchilik milliy markazi. Shahar markazida zamonaviy binolar qurilgan, chekkalarida esa mahalliy kulbalar saqlangan. Geofizika st-yasi, kinoteatrlar, universitet va muzeylar bor. Bangiga 1889-yilda asos solingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. What is the Capital of Central African Republic?, Map Universal