Niamey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NiameyNiger poytaxti. Mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Niamey departamentining maʼmuriy markazi. Niamey shahrining umumiy maydoni 239,30 kmni tashkil etadi. Niger daryosi sohilida, 163 m balandlikda joylashgan. Iqlimi subekvatorial iklim, oʻrtacha yillik temperatura 25°. Yiliga 350 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 1 058 847 million kishi (2012).

19-asr oxirlarida Niamey oʻrnida qishloq boʻlgan. 1926-yilda Niger fransuz mustamlakasining maʼmuriy markazi Zinder shahridan Niameyga koʻchirilgan. 1960-yil avgustdan Niger Respublikasi poytaxti.

Muhim transport yoʻllari tuguni, Niger daryosidagi pristan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xoʻjaligi rayonning savdo markazi. Toʻqimachilik fabrikasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari, mebel, qishloq xoʻjaligi anjomlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan (kulolchilik buyumlari, teri, kumush, oltin va yogʻochdan turli buyumlar tayyorlanadi). Issiklik elektr stansiyasi ishlab turibdi. Prezident saroyi, mehmonxonalar, universitet (1973), Sogʻliqni saqlash milliy maktabi, Geologiya va konchilik ishlari boʻyicha byuro, tropik oʻrmonchilik texnika markazi, qishloq xoʻjaligi instituti kabi ilmiy muassasalar, milliy muzey bor.