Nuakshot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NuakshotMavritaniya poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Atlantika okeani sohilida. Iqlimi tropik choʻl iqlimi. Yanv.da oʻrtachat-ra 21°, iyulda 28°. Yillikyogʻin 150 mm. Aholisi 667 ming kishi (1999), asli barbar arablaridan kelib chiqqan mavrlar.

N. 17-asrda portugal mustamlakachilarning harbiy qalʼasi yonida vujudga kelgan. Keyinrok, fransuzlarning Mavritaniyani bosib olishda asosiy tayanch bazalaridan boʻldi. 1950 yilda Senegal daryosining kuchli toshqinidan N. butunlay vayron boʻlgan. 1957 yilda undan 1 km shim.roqda shu nomda yangi shahar bunyod etildi. 1958 yilda mamla-kat poytaxti Sen-Luidan (Senegal) N.ga koʻchirildi.

N. — dengiz porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Sanoati oziq-ovqat, yogʻochsozlik, metallsozlik, kichikroq kemalar quruvchi verflar, ishqor f-kasi, bosmaxona, dengiz suvini chuchu-tuvchi qurilma, mayda hunarmandchilik korxonalari va ustaxonalaridan ibo-rat. Unt, Milliy kutubxona, issiqlik elektr st-yasi bor. Meʼmoriy binolardan Prezident saroyi, Adliya saroyi, Milliy majlis binolari qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil