Port-lui

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Port-luiMavrikii davlati poytaxti. Mavrikiy o.ning shimoli.gʻarbiy qismida. Port-Lui okrugining maʼmuriy markazi. Iqlimi tropik, oʻrtacha temperatura fevralda 26°, avgustda 19°. Yillik yogʻin 2000 mm. Aholisi 128 ming kishi (2000). P.-L. — mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. hind okeani sohilidagi port. Shosse yoʻllar tuguni. Neftni qayta ishlovchi, oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, oziqovqat (shakarqand, yogʻmoy, tamaki) korxonalari mavjud. Universitet, institut, muzeylar, badiiy galereya, kutubxona bor. Qad. fort va qalʼa saqlangan. Shaharga 1736-yilda asos solingan. Suvaysh kanali ochilgunga qadar Hind okeanida yirik savdo porti boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil