Dodoma — Tanzaniya Birlashgan Respublikasining poytaxti. Mamlakatning markaziy qismida. Aholisi 204 ming kishi (1998). Dorussalom— Kigoma temir yoʻl va Buyuk Shimoliy avtomobil yoʻlidagi muhim transport yoʻllari tuguni. Oziqovqat (vino, meva kon-servalari, moy ishlab chiqarish va boshqa) sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, yogʻochsozlik korxonalari mavjud. Geol. va konchilik ishlari ilmiy tadqiqot instituta, geol. muzeyi bor. Mamlakat poytaxti 1993 yildan Dorussayaomsan Dodomaga koʻchirila boshlandi.