Shri lanka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shri Lanka Demokratik Sotsialist Respublikasi
SrilankaFont.png
இலங்கை சனநாயக சோஷலிசக் குடியரசு
Shri Lanka davlat bayrogʻi   Shri Lanka davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: Sri Lanka Matha
Shri Lanka Xaritasi
Poytaxt Sri Jayevardenepura Kotte
Rasmiy til(lar) Singalcha
Tamilcha
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
 •  Prezident   Mahinda Rajapakse
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 •  Sana   4 fevral 1948
Maydon  
 • Butun 65,610 km² (122-)
 • Suv (%) 4.4
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 20,064,776 (53- oʻrin)
 • Zichlik 305/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$87,150 mil. (59-)
 • Jon boshiga AQSh$4,343
Pul birligi Sri Lanka Rupee (LKR)
Vaqt Mintaqasi (UTC+5:30)
 • Yoz (DST) (UTC+5:30)
Qisqartma CE
Internet domen .lk
.ලංකා
.இலங்கை
Telefon prefiksi +94

Shri lanka (1972 yilgacha Seylon), Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi — Hind okeanidagi Shri Lanka o.da, Hindiston ya.o.dan jan.sharqda joylashgan davlat. Maydoni 65,6 ming km². Aholisi 19,5 mln. kishi (2002). Rasmiy poytaxti — JayavardenapuraKotte (parlament joylashgan); amaldagi poytaxti — Kolombo shahri Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (rgoutse)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Sh.L. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1978 yil 7 sentyabrda qabul qilingan; keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1994 yildan Kumaratunga Chandrika xonim). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va bir palatali parlament, ijrochi hokimiyatni parlament va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Orol sohillarining aksariyat qismi past, lagunali, marjon riflari bilan oʻralgan, kam parchalangan. Hududining 80%dan ortigʻi pasttekislik, ayrim joylarda qoyalar uchraydi. Markazi va jan.da zinapoyasimon togʻlik joylashgan. Eng baland joyi — Pidurutalagala togʻi (2524 m). Sh.L.da grafit, kvars, qimmatbaho toshlar, kaolin va boshqalar bor. Iklimi mussonli, shim. va sharqida subekvatorial, jan. va gʻarbida ekvatorial iklim. Havo temperaturasi tekisliklarda 26—30°; togʻlarda 15—20° gacha pasayadi. Yillik yogʻin togʻlikning jan.gʻarbiy yon bagʻrida 5000 m gacha, togʻ etaklarida 2000 mm gacha, shim.gʻarbiy va jan.sharqiy sohillarida 1000 mm dan kam. Daryolari qisqa va sersuv (eng yirigi Maxaveli daryosi); quyi oqimida kema qatnaydi. Tuproqlari qizil va laterit, daryo vodiylari va sohilida allyuvial tuproq. Mamlakat hududining 44% nam tropik oʻrmon bilan qoplangan. Yassitogʻliklar savanna tipidagi yalangliklardan iborat. Sohilida mangra oʻrmonlari va kokos palmazorlari bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: fil, maymun, kiyik, toʻngʻiz, qoplon, silovsinlar yashaydi; timsoh, toshbaqa, ilonning bir qancha turi, kaltakesak bor. Qush va hasharot koʻp. Vilpattu, Yala (Ruxunu), GalOya milliy bogʻlari, Kandi shahri yaqinida botanika bogʻi bor.

Aholisining 75% singallar, 16% dan ortigʻini tamillar tashkil etadi. Shuningdek, mavrlar (arab va mahalliy musulmonlar avlodlari) va boshqalar ham yashaydi. Shahar aholisi 23%. Rasmiy tillar — singal, tamil va ingliz tillari. Dindorlar buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqalar dinlarga eʼtiqod qiladilar. Yirik shaharlari: Kolombo, Jafna, Kandi.

Tarixi. Sh.L. hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. av. 5-asrda Hindistondan hindlar koʻchib oʻtishgan. Mil. av. 3-asrda dastlabki yirik davlat uyushmasi paydo boʻldi. 15-asrda 3 yirik davlat (singallarning Kotte va Kandi, tamillarning Jafna davlatlari) vujudga keldi. 16-asrda Portugaliya orol sohilini bosib oldi. 17-asr oʻrtalarida Niderlandiya portugallarni siqib chiqarib, orolning 1/4 qismini egallab oldi. 18-asr oʻrtalaridan Angliya bilan Niderlandiya oʻrtasida orolni egallash uchun kurash avj oldi. 1795—96 yillarda orolni inglizlar bosib oldi. Orol dastlab Angliyaning OstIndiya kompaniyasiga qarashli Madras prezidentligiga qoʻshib yuborildi. 1802 yildan Buyuk Britaniyaning alohida mustamlakasiga aylandi. Seylon aholisining mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi (1796, 1818, 1848). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida siyosiy tashkilotlar vujudga keldi, milliy ozodlik harakati avj oldi. 1919 yil birinchi yirik siyosiy partiya — Seylon milliy kongressi tuzildi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) mamlakatdagi demokratik kuchlar milliy mustaqillik uchun kurashni yanada avj oldirdilar. 1948 yil 4 fevralda Buyuk Britaniya Seylonga dominion maqomi asosida mustaqillik berishga majbur boʻldi. Mamlakatda chet el harbiy bazalari tugatildi, iqtisodiyotda davlat sektori kengaydi, qishloq xoʻjaligida islohotlar oʻtkazildi; tashqi siyosatda betaraflik, harbiy bloklarda qatnashmaslik yoʻli tutildi. 1972 yil 22 mayda Seylon Sh.L. Respublikasi deb eʼlon qilindi. 1978 yil 7 sentyabrdan Sh.L. Demokratik Sotsialistik Respublikasi deb atala boshladi. 1977 yildan iqtisodiyotda xususiy sektorni mustahkamlash va unga xorijiy sarmoyani jalb etish siyosati amalga oshirilmoqda. 1980-yillardan etnik ziddiyatlar keskinlashgan. Sh.L. — 1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 4 fevral — Mustaqillik kuni (1948). OʻzR suverenitetini 1992 yil 12 fevralda tan olgan va 1999 yil 13 oktyabrda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Birlashgan erkinlik ittifoqi, 1993 yil tuzilgan; Sh.L. Kommunistik partiyasi, 1943 yil 3 iyudda tashkil etilgan; Sh.L. xalq partiyasi, 1984 yil yanvar

da tuzilgan; Birlashgan milliy partiya, 1946 yil asos solingan. Sh.L. ozodlik partiyasi, 1951 yil tashkil etilgan; Sh.L. sotsialistik partiyasi, 1935 yil dek.da tuzilgan; Sh.L. musulmonlar kongressi, 1980 yil tashkil etilgan; Tamil ozodlik birlashgan fronti, Tamil millatchi partiyalar bloki, 1972 yil asos solingan. Demokratik ishchilar kongressi, 1956 yil tashkil etilgan; Seylon ishchilar kongressi, 1940 yil tuzilgan; Seylon kasaba uyushmasi federatsiyasi, 1941 yil asos solingan; Umumseylon erkin kasaba uyushmalari federatsiyasi.

Xoʻjaligi. Sh.L. — plantatsiya hoʻjaligi rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi 18%, sanoat 31%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 51% ni tashkil etadi.

Qishloq xoʻjaligi. Iqtisodiy faol aholining 70% dan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida band. Hududining 1/3 qismi qishloq xoʻjaligida foydalaniladi. Iqtisodiyotining asosi — mahsuloti eksport qilinadigan oʻsimliklar (choy, kauchuk, kokos palmasi) oʻstirish. Choy yetishtirish boʻyicha Sh.L. dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Ichki ehtiyoj uchun sholi, tariq, makkajoʻxori, dukkakli oʻsimliklar, batat, maniok, sabzavot, ziravorlar, texnika ekinlaridan tolali va moyli oʻsimliklar, shuningdek, banan, ananas yetishtiriladi. Qoramollardan, asosan, yuk tashishda foydalaniladi. Dengizdan baliq ovlanadi va marvarid olinadi.

Sanoatida grafit, qimmatbaho toshlar, tuz qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 4,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Choy va kauchukka ishlov berish, kopra va kokos moyi ishlab chiqarish sanoatning asosiy tarmoqlaridir. Yengil, oziqovqat sanoati, metallsozlik korxonalari bor. Mamlakatda turizm katta daromad keltiradi.

Transportida avtomobil transporti muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari uz. 102,6 ming km, t.y. uzunligi 1,49 ming km. Tashqi savdo yuklari, asosan, kemalarda tashiladi. Asosiy portlari: Kolombo, Trinkomali, Galle. 111.L. chetga choy, marvarid, kauchuk, kokos palmasi mahsulotlari, qimmatbaho toshlar, toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va jihozlar, transport vositalari, maishiy texnika oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yaponiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Sh.L. rupiyasi.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Sh.L.da vrachlar untlarning 2 tibbiyot ftida tayyorlanadi. Mamlakatda 12 yillik maktab joriy qilingan. Boshlangʻich va kichik oʻrta maktabda taʼlim majburiy. Oʻqish davlat maktablarida bepul va u singal yoki tamil tillarida, oliy oʻquv yurtlarida ingliz tilida ham olib boriladi. Kolombo, Jafna, Moratuva va boshqalarshaharlarda untlar bor. Shuningdek, Kolomboda Texnologiya kolleji, Yuridik kollej, Jafna va boshqalar shaharlarda kollejlar bor.institutlarni Sh.L. milliy ilmiy kengashi (1968 yil tuzilgan) muvofiklashtiradi.institutlar ilmiy va sanoat tadqiqotlari instituti (1955), qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari instituti (1972), tibbiyot tadqiqotlari instituti (1900), astronomiya rasadxonasi (1907), qishloq xoʻjaligi markaziy ilmiy tekshirish instituti (1965), choy instituti (1925)daolib boriladi. Kutubxonalari: Sh.L. milliy muzeyi kutubxonasi, Kolombodagi jamoat va yuridik kutubxonalar, untlar huzuridagi kutubxonalar. Sh.L. milliy muzeyi Kolombo, Kandi, Ratnapura, Anuradhapuradagi milliy muzeylarni birlashtiradi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Sh.L.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Aylend" ("Orol", ingliz va singal tillaridagi haftalik gaz., 1981 yildan), "Davasa" ("Kun", singal tilidagi kundalik gaz., 1961 yildan), "Deyli nyus" ("Hafta yangiliklari", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1918 yildan), "Deyli observer" ("Kundalik kuzatuvchi", ingliz tilidagi kundalik kechki gaz., 1834 yildan), "Dinamina" ("Kun yangiliklari", singal tilidagi kundalik gaz., 1909 yildan), "Navayugayya" ("Yangi asr", singal tilidagi jur., 1956 yildan), "San" ("Quyosh", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1964 yildan), "Silumina" ("Tojdagi qimmatbaho tosh", "Dinamina" gaz. ning yakshanbada chiqadigan bezakli nashri, 1930 yildan). Lankapuvat, milliy axborot agentligi, 1978 yil tuzilgan; Press Trast of Seylon, Sh.L.ning milliy kooperativ axborot agentligi, 1951 yil tashkil etilgan. Sh.L. radioeshittirish korporatsiyasi, davlat xizmati, 1967 yil asos solingan. Telekoʻrsatuvlar 1979 yildan boshlangan.

Adabiyoti, asosan, singal, shuningdek, tamil va ingliz tillarida rivojlanmoqda. Singal tilidagi dastlabki asar 6-asrda paydo boʻldi. Oʻrta asr singal adabiyoti qadimiy hind adabiyotidagi xronika va doston janrlarini oʻzlashtirdi. 13-asrdan buddaviylik gʻoyalarini targʻib etuvchi oddiy tilda yozilgan nasr muhim oʻrin egalladi. Vidyachakravartning "Buddaning qarorgohi", Mayurapadetxeroning "Xayrehson tarixi" pandnasihatlar toʻplami singal adabiyotida birinchi marta dehqonlarning ogʻir hayotini tasvirlagan muhim nasriy asardir. Qishloq hayoti budda rohiblari Dxarmasena, Dxarmakirtimaxatxero asarlarida ham aks ettiridsi. 15-asrda sheʼriyat, asosan, dostonmaktub yetakchi oʻrinni egalladi (Shri Raxula, Vettevetxero, Vidagama). 16-asr oxiri — 17-asr boshlari sheʼriyatining yorqin vakili Alagyavanna Moxottaladir. Portugal, niderland, keyinchalik inglizlar mustamlakachiligi adabiyot taraqqiyotini sekinlashtirdi. 20-asr boshlarida singal tilida S. de Silva, P. Sirisenaning birinchi romanlari paydo boʻldi. V.A Silva tarixiy va satirik roman, hikoyalar yozdi. Realizmning qaror topishi, singal adabiy tilining rivoji yozuvchi va adabiyotshunos M. Vikramasingxe (1891 — 1976) nomi bilan bogʻliq. U singal nasrida birinchi marta ishchilar sinfi vakili obrazini yaratdi. X. Munidas, G.B. Senanayake, K.Jayatilaki, E. Saratchandra kabi yozuvchilar oʻz asarlarida insonparvarlik gʻoyalarini olgʻa surdilar. M.Ratnayake, G. Liyanage, A.V. Suravira, K.Karunaratna roman va qissalarida muhim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Shoirlar S. Maxinda, S. Palansuriya, G.X. Perera va boshqalar, dramaturglar A. Samaravira, E. Saratchandra, V.A. Abesinxe va boshqalar samarali ijod qildilar. 1969 yil Sh.L.ning ilgʻor yozuvchilari "Xalq yozuvchilari fronti" tashkilotiga birlashdilar. Sh.L.ning tamil tilidagi koʻp asrlik adabiyoti Hindiston tamil adabiyoti izidan rivojlanib kelmoqda. 20-asrda sheʼriyat, novella rivojlandi. Yozuvchi va shoirlardan S.P. Amarasingam, J. Vedjatunga, K. Daniyel, D. Jiva va boshqalar mashhur. Ingliz tilidagi adabiyot 19-asrda paydo boʻldi. R.L. Spittel, G. Virasuriya, R. Proktor, A. Ranasingxe, J. Gunaverdena 20-asrning mashhur yozuvchilaridir.

Meʼmorligi. Sh.L. sanʼatining qadimiy davri (mil. av. 3-asr — mil. 8-asr) Hindiston sanʼatiga koʻp jihatdan oʻxshash boʻlib, asosan, Anuradhapuradagi buddaviylik bilan bogʻliq boʻlgan yodgorliklarda mujassamlangan. Oʻrta asr (8—13-asrlar)da qurilishlar aksariyat yangi poytaxt — Polonnaruvda olib borilgan. Sh.L. mustaqillikka erishgach, milliy meʼmorlik maktabi shakllandi; shahar va qishloq majmualari paydo boʻldi. Meʼmorlikda oʻrta asr milliy belgilari hozirgi yevropa qurilish usullari bilan uygʻunlashib ketdi (Kolombodagi Davlat milliy assambleyasi binosi, 1948; "Silon Interkontinental" mehmonxonasi, 1970-yillar boshi; Kolombodagi Solomon Bandaranaike haykali, 1976).

Tasviriy sanʼati. Sh.L. sanʼatining ilk davri Hindiston sanʼati, xususan, buddaviylik bilan bogʻlangan (ibodatxonalar haykallar bilan bezatilgan). Dunyoviy tosh haykaltaroshligining koʻpgina namunalari, maʼbudalarning metalldan yasalgan haykalchalari, qoyatoshlarga ishlangan mashhur Sigiriya naqshlari saqlangan. Mustamlakachilik davrida (16-asrdan) Sh.L.da amaliybezak sanʼati rivojlandi (metall, yogʻoch, fil suyagi, lok, tosh hamda loydan badiiy buyumlar ishlandi). Shuningdek, zargarlik bezaklari, badiiy gazlama, kashta, yogʻoch niqoblar tayyorlandi.

SH.L.da professional dastgohlik sanʼati ingliz sanʼati taʼsirida 19-asr oxirida vujudga keldi. "Seylon sanʼati jamiyati" birinchi badiiy uyushma boʻlgan (1888 yildan; rassomlar A. Amarasekera, J.D. A. Perera. T. Rajapaksha, S.G.Abeysingxe, D. Peynter va boshqalar). 20-asr boshlari ozodlik harakati taʼsirida Yevropadagi yangi oqimlar tajribalarini milliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirgan rassomlik maktabi shakllandi ("43 guruhi", rassomlar J. Keyt, G. Piyeris; "Milliy sanʼat jamiyati"). Sh.L.da badiiy hunarmandchilik rivojlangan (toʻquvchilik, yogʻoch va suyak oʻymakorligi, lokli buyumlar tayyorlash, qimmatbaho toshlarni qayta ishlash va h.k.).

Musiqasi. Sh.L. musiqasi uzoq vaqt Janubiy Hindiston musiqa madaniyati taʼsirida rivojlandi. Singallarda cholgʻu musiqasi vokal musiqadan ustun boʻlgan. Musiqa asboblari: bera barabanlari (5 turi bor), panteru (mis qoʻngʻiroqli halqa), talampot deb nomlangan mis tarelkalar, xoraneua (goboy turi), xagediya (turli shakl va oʻlchamdagi dengiz chigʻanoqlari) va boshqalar Raqs milliy bayram, diniy rasmrusum, teatr spektakllarining ajralmas qismi. Singallar qoʻshigʻi qisqa kuylardan iborat. Sh.L. mustaqillikka erishgach, milliy madaniyatni saqlash masalalari bilan Singal madaniyati instituti shugʻullana boshladi. Kompozitorlar orasida P. Kemadasa, P. Dunstan de Silva, V.D. Amaradeva mashhur. Milliy raqs ansambli (1973), raqschilar oilasi avlodidan iborat raqs ansambli (1970-yillar), Sh.L. simfonik orkestri va boshqalar jamoalar bor. Kolomboda Nafis sanʼat davlat kolleji (1953), Hukumat musiqa kolleji, universitet huzurida raqs maktabi faoliyat koʻrsatadi.

Teatri. Sh.L. teatr sanʼati xalqoʻyinlari, marosimlari va qadimdan shu orolda yashagan qabilalarning raqslaridan boshlangan. Xalq teatrlarining har xil turlari mavjud. Bular: kolam (raqs va pantomimalarga asoslangan niqobli tomosha teatri), sokari (komediya tomoshalarini namoyish etuvchi teatr) va boshqalar Zamonaviy teatrning vujudga kelishi Sh.L. xalqining milliy ozodlik kurashi bilan chambarchas bogʻliq. 1920-yillarda professional truppalar vujudga keldi. Ularning repertuaridan milliy dramaturglar K.D.Bastian, D. de Silva asarlari oʻrin oldi. Sh.L. mustaqillikka erishgach, milliy anʼanalarni tiklash va rivojlantirish imkoniyati tugʻildi. Yangi teatr turlari, jumladan, anʼanaviy va xalq raqs sanʼatini uygʻunlashtirgan balet teatri paydo boʻldi. 1944 yil birinchi professional raqqos va baletmeyster Chitrasena rahbarligida maktab va truppa (1955 yildan Chitrasena Seylon baleti) tashkil etildi. Mamlakatda havaskor teatr jamoalari ham mavjud.

Kinosi. 1948 yil "Singalafilm" kinokompaniyasi tuzildi. Sh.L. kinosanʼati rivojiga Hindiston kinosi taʼsiri katta. Dastlab tijorat filmlar yaratildi. Xalq hayotini haqqoniy aks ettiruvchi dastlabki filmlar 1950-yillarning oxiri — 1970-yillarda yaratildi ("Taqdir chizigʻi", "Maktub", "Oʻzgargan qishloq"; hammasining rej. L.D. Periyes). 1972 yil Davlat kinokorporatsiyasi tashkil etildi. 70-yillarda ilgʻor rej.lar oʻz filmlarida muhim ijtimoiy muammolarni yoritdilar ("Ezgu istak", "Lasanda", ikkovining rej. K. Perera; "Nima boʻldi?", rej. P. Gunaratne; "Yetti dengiz", rej. S. Gunasinge). Sh. L. kinosida rej. larD. Patxiraja, M. Sandasagera, S. Periyes va boshqalar mashhur. 80-yillardagi eng yaxshi filmlar: "Qayiqlar sohilga qaytganda" (rej. S. Aryavatna), "Ikki oila" (rej. S. Periyes).