Singal tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Singal tili
Milliy nomi සිංහල
Rasmiylik holati Shri lanka
Turkumlanishi
Til oilasi

Hind-Yevropa

Hind-Eroniy
Hind-Aryan
Janubiy hudud
Yakka hindlik
Alifbosi Singallik alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 si
ISO 639-2 sin
ISO 639-3 sin

Singal tili — hind (hindoriy) tillaridan biri, Shri Lanka Respublikasining davlat tili. Soʻzlashuvchilar 12 mln. kishidan ortiq. Singal tilining adabiy va soʻzlashuv shayuglarida jiddiy farq bor. Urgʻu soʻzning birinchi boʻgʻiniga tushadi, singarmonizmga moyillik bor. Morfologik tuzilishida agglyutinatsiya va yangi fleksiyaning aniq belgilari mavjud. Adabiy tilda feʼlning shaxs, son, jins (umumiy va muannas), zamon, oʻtimlilikoʻtimsizlik kategoriyalari mavjud. Gapda soʻzlarning muayyan tartibi bor. Ogʻzaki nutkda otgagshar koʻproq ishlatiladi. Leksikasida sanskrit, tamil, ingliz, portugal, malayya, arab, fors va boshqa tillardan oʻtgan soʻzlar koʻpchilikni tashkil etadi. Hozirgi St. jan. hind yozuvlaridan biri — granthi alifbosidan foydalanadi. Mil. av. 3-asrga mansub kryatosh yozuvlari Singal tilining engqad. yodnomalaridir. 13-asrda Singal tilining klassik grammatikasi yaratilgan. St. ning yangi adabiy shakli jonli soʻzlashuv tili asosida shakllanmoqda.