Kolombo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kolombo
Poytaxt
LK-Colombo-altes-parlament.jpg
Seema Malaka - Buddha statues.jpg
Independence Commemoration Hall.jpg
Slave Island Murugan Temple.jpg
LK-colombo-yorkstreet-1.jpg
The auditorium entrance 2.JPG
Sunset from Kingsbury Hotel, Colombo.jpg
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
6°55′0″N 79°50′0″E / 6.91667°N 79.83333°E / 6.91667; 79.83333 G OKoordinatalari: 6°55′0″N 79°50′0″E / 6.91667°N 79.83333°E / 6.91667; 79.83333 G O
Mamlakat Shri Lanka
Hukumat
 • Mer Rozi Senanayake
Maydon 37 km2 (14 mi²)
Markazi balandligi 1 m
Aholisi
 (2022)
685 246
Vaqt mintaqasi UTC+05:30
Telefon kodi +94 11
Pochta indeks(lar)i 00000–09999
Kolombo xaritada
Kolombo
Kolombo

Kolombo (singal tilida Kalambu) — Shri Lanka Respublikasining amaldagi poytaxti, Shri Lanka orolining gʻarbiy sohilida, Kelani daryosining quyilish joyida joylashgan. Aholisi 2022-yilgi maʻlumotga koʻra 685 246 kishini tashkil qiladi.[1]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi subekvatorial, mussonli nam iqlim. Oʻrtacha yillik yogʻin 2400 mm, eng koʻp yogʻin yoz oylariga toʻgʻri keladi. Yil davomida havo temperaturasi kam oʻzgaradi, 27° atrofida saqlanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolombo toʻgʻrisida dastlabki maʼlumot u yerga 1346-yilda kelib ketgan arab sayyohi Ibn Battuta asarlarida uchraydi. Oʻrta asrlarda shahar Kolontata nomi bilan mashhur boʻlgan. XVI-asrda Hind okeani havzasidagi muhim savdo markazlaridan edi. Portugaliyaning mustamlakachilik yillarida harbiy fort (qalʼa) boʻlgan. XVII-asrda gollandlar qoʻliga oʻtdi. 1796-yilda inglizlar bosib olgan va 1802-yildan Angliya mustamlakasi — Seylonning maʼmuriy markazi. 1948-yildan mustaqil Seylon davlatining, 1972-yildan Shri Lanka Respublikasining poytaxti. 1985-yildan mamlakatning yangi poytaxti — Shri-Jayavardenapura-Kotte shahri qurilmoqda.

Iqtisodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolombo — mamlakatning asosiy iqtisodiy va madaniy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Hind okeanining muhim dengiz yoʻllari kesishgan joyidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kolombo va uning atrofida mamlakatdagi sanoat korxonalarining 1/2 qismi joylashgan. Oziq-ovqat, kauchukni qayta ishlash, kemasozlik va kema remontni korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Shahar yaqinida shina zavodi, metallurgiya zavodining prokat sexi; sunʼiy gavanda quruq dok, neft saqlanadigan va boshqa omborlar qurilgan.

Ijtimoiy sohasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolomboda davlat universiteti, Vidyalankara budda universiteti, texnika, nafis sanʼat kollejlari, Milliy muzey, jamoat kutubxonasi, ijtimoiy institutlari, sanʼat galereyasi va boshqa bor. Meʼmoriy yodgorliklardan ibodatxonalar saqlangan.[2]

Kolombodagi tartibsizliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolomboda 2022-yil 10-may kuni hukumat tarafdorlari va unga qarshi namoyishchilar oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻldi. Sakkiz odam halok boʻlib, 200 dan ortiq kish jarohat oldi. Politsiya odamlarni koʻzni yoshlantiruvchi vosita va suv bilan tarqatdi. Shri-Lankada 2022-yilning aprel va may oylaridan beri davom etayotgan namoyishlar qonli toʻqnashuvlarga aylangach, mamlakat Bosh vaziri Mahinda Rajapaksa isteʼfoga chiqdi. Bosh vazir — amaldagi prezident Gotabaya Rajapaksaning ukasidir. Namoyishchilar prezidentning istefosini ham talab qildi. Mamlakat 1948-yilda mustaqillikni qoʻlga kiritganidan buyon eng chuqur iqtisodiy krizisni boshdan kechirdi. Oziq-ovqat, yoqilgʻi va dori-darmon importi keskin kamaydi. Eksperlarning fikriga koʻra prezident Gotabaya Rajapaksa iqtisodiyotni jonlantirish uchun soliqlarni pasaytirgani teskari natija berdi, mamlakat yanada qarzga botdi. Hukumat esa mamlakatdagi inqiroz bir qancha iqtisodiy omillar va global jarayonlar oqibati deb hisoblashini aytdi.[3]

2022-yil 13-iyul kungi holatga koʻra Prezident Gotabaya Rajapaksaning mamlakatdan qochib ketishiga sababchi boʻlgan Shri-Lanka fuqarolari bosh vazir Ranil Vikramasingxening isteʼfosini talab qilib, uning kabinetini egallab olishdi. Isyon harakatiga yoshlantiruvchi gaz qoʻllayotgan xavfsizlik xodimlari bas kela olmadi. Mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul ortidan fuqarolar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar qayd etildi. Bosh vazir mamlakatda favqulodda holat eʼlon qildi. Muvaqqat hukumat tuzilgach barcha vazirlar isteʼfo berishi maʼlum qilindi.

Ayrim xabarlarga koʻra, oʻz vakolatini bosh vazirga topshirgan prezident isteʼfoga chiqishi kerak boʻlgan kunda rafiqasi bilan Maldiv orollariga qochib ketdi.

Diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy muzey binosi
  • Jomiy Ul Alfar masjidi
  • «Gangaramaya» buddistlar ibodatxonasi (1841)
  • Univetsitet (1921)
  • Jamoat kutubxonasi (1925)
  • «Vixaramaxadevi» bogʻi (1865)
  • Milliy muziy (1877)
  • Munitsipalitet (1927)
  • Galle Feys (1859)
  • Katta Sharq mehmonxonasi (1875)

Hamdoʻst shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]