Sarazm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SarazmZarafshon vodiysining eneolit va ilk jez davriga oid qad. dehqonchilik madaniyatiga tegishli arxeologik yodgorlik. Uning asosida keyinchalik S. qishlogʻi tarkib topgan. U Zarafshon daryosining togʻlar orasidan keng vodiyga chiqish joyida, Oyimkoʻl yonida joylashgan. Sugʻdshunos olim V.A.Livshitsning fikriga koʻra, "S." atamasi sugʻdcha "sarizamin", yaʼni "erning boshlanishi", "vohaning boshlanishi" demakdir. Yodgorlik yassi tepachalar koʻrinishida, 100 gektarga yaqin joyni egallagan. Unda 1976 yildan tadqiqot ishlari olib boriladi. Arxeologik tadqiqot natijalariga qaraganda, S. Zarafshon vodiysining eng kad. bobo dehqonlari maskani boʻlib, bu joyda hayot eneolitning rivojlangan bosqichidan to ilk jez davriga qadar (yaqin 1,5 ming yil) davom etgan.

S.da 7 yil davomida arxeologik kazish ishlari olib borildi va 10 nuqtada qad. qishloq hayotining davomiyligini oʻrganish uchun shurflar kazildi. Natijada yodgorlikda 4 ta tarixiy bosqich anikdandi. Arxeologik materiallar taxliliga koʻra, lbosqich (C.I) mil. av. 3400—3200 yillar, 2-bosqich (S. 2) mil. av. 3200—2900 yillar, 3-bosqich (S. 3) mil. av. 2900-2700 yillar, 4-bosqich (S. 4) mil. av. 2700—2000 yillar bilan belgilandi.

S. 1 davri jamoa oilalari bir xonali uylarda yashagan, jamoa xilxonasi bor. Jamoa kvartali atrofi esa mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Jamoa turar joy qoldiqlarini qazish jarayonida sirtiga rangli gul solingan sopol parchalari, xilxonadan esa mis oyna, oltin va kumushdan yasalgan munchoklar topildi. Topilmalar koʻp jihatdan Jan. Turkmanistonning qad. Gyoksur vohasi materiallariga aynan oʻxshab ketadi.

S. 2 davrida birbirlaridan tor koʻchalar bilan ajratilgan koʻp xonali turar joy massivlari paydo boʻladi. Ularning qoshida aylana shaklida qurilgan topinish maskani — oilaviy otashparastlik altarlari shakllanadi. Yirik uyjoy massivlari doirasida jamoa ibodatxonalari (ikki joyda) qad koʻtaradi. Ibodatxonalarning devorlariga kizil rangda naksh berilgan va ularning qoq oʻrtasida murabba shaklida altar joylashgan. Xoʻjalikda toshdan ishlangan mehnat qurollari, toʻqimachilik dastgohining qismlari, urchuq toshlar, mis pichoqlar, xanjar, qarmoq, igna va bigizlar koʻplab uchraydi.

S. 3 davrida ijtimoiy harakterdagi monumental binolar paydo boʻladi. Ular urugʻ jamoalarining maʼmuriy bino va ibodatxonalaridan iborat edi. Bu davrda patriarxal oila hovlijoylari kengayadi, bu hovlilar maydonida kulolchilik xumdonlari va metallni eritish ustaxonalari paydo boʻladi. Bu bosqichda i.ch.ning qator sohalarida hunarmandchilikning turli yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashuv jarayoni kechadi. Kulolchilikda ichi va sirtiga sayqal berilgan sopollar keskin kamayadi. Ularning oʻrnini mahalliy anʼanaviy shakldagi naqshlar egallaydi. Mahalliy naqshlar bilan ibodatxonalarning devorlarini bezash odati vujudga keladi. Bu bosqichda mahalliy xom ashyo bazasida metall eritish va metalldan turli xil qurollar yasash kuchayadi. Shunday qilib, qad. sarazmliklar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz beradi.

S. 4 davriga kelib, demografik oʻzgarishlar bilan bogʻliq holda aholining vodiy boʻylab tarqalishi, goʻyo uning "inqirozi" kuzatiladi. S.da aholi siyraklashib, avvalgi monumental maʼmuriy imoratlar oʻrnini oddiy kulbalar egallaydi. Ehtimol, S 4 davri yodgorlikning eng yuqori qatlamlari boʻlgani uchun davr taqozosi bilan uning qurilish qoldiklari bizgacha shu holatda yetib kelgandir. Ehtimol, bu tanazzul jez davrining maʼlum bir bosqichida (mil. av. 2ming yillikning 2-yarmida) oriylarning jan.ga tomon koʻchishi munosabati bilan Oʻrta Osiyoning shim. va markaziy viloyatlari moddiy madaniyatida yuz bergan oʻzgarishlar bilan bogʻlikdir. Bu davr aksi kulolchilikda yaqqol koʻzga tashlanadi, yaʼni, bir tomondan kulolchilikda qizgʻish oq tiniq angob bilan pardozlangan sopollar sirtida, idishlarning gardishi boʻylab oddiygina rangli naqsh solish kuzatilsa, ikkinchi tomondan sopol idishlarning kulolchilik charxida yasash texnologiyasi kashf etiladi. Ijtimoiyiqtisodiy tabaqalanishning ayrim belgilari sifatida terrakota, tosh va jezdan ishlangan muhrlar paydo boʻladi. Qishloq jamoasi sardori, qabila boshligʻining hukmdorlik belgisi boʻlmish jamoa nishoni yangi maʼno va mazmun kasb etadi. Demak, S. 4 davrida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda yuz bergan oʻzgarishlar S. jamiyatining soʻnggi bosqichida mulkiy tabaqalanish jarayoni jadal kechayotganligidan dalolat beradi. S.da oʻrganilgan yagona xilxona, yuqorida taʼkidlaganimizdek, uning ilk bosqichiga daxldor boʻlib, u doira shaklida ishlangan tosh gʻovlar bilan oʻrab olingan, uning diametri 15 m, ichiga 5 ta kabr joylashgan. Tosh gʻovning markaziy kabriga 3 kishi (ayol, erkak va oʻspirin) koʻmilgan. Ayolga tegishli ashyoviy dalillarga qaraganda u oʻz jamoasida katta nufuzga ega boʻlgan. Uning kiyimlariga feruza, laʼl, yoqut va yashma kabi qimmatbaho toshlardan yasalgan munchoklar qadalgan. Ayolning bosh kiyimi ham taqinchoklar bilan bezatilgan. Soch tolalariga oltin munchoq shodalari osib qoʻyilgan. Qoʻllariga dengiz chigʻanogʻidan ishlangan bilaguzuklar taqilgan. Ayol skeleti yonidan dastali mis koʻzgu, suyakdan qilingan bigiz, 5 ta urchuq tosh, 2 ta ayol maʼbudasi (terrakota) topilgan. Demak, S. 1 davrida ayollarning jamoadagi ijtimoiy nufuzi hali yuqori boʻlgan.

S. aholisining iqtisodiy hayotini sugʻorma va lalmikor dehqonchilik hamda xonaki chorvachilik tashkil etgan. Zarafshon togʻ tizmalaridagi qad. maʼdan (mis, qoʻrgʻoshin, qalay, oltin, kumush, simob va feruza) konlarining yaqinligi S.da hunarmandchilikning metallurgiya va metall i.ch. sohasini rivojlanishiga hamda undan turli mehnat va harbiy qurollar i.ch.ga keng imkoniyatlar bergan. Sdan topilgan 150 dan ortiq buyumlar — pichoq va xanjarlar, bolta va bigizlar, paykon va muhrlar, metall eritish qozonlari (tigillar), asbobanjom quyish qoliplari, metall eritish pechlari, metall xom ashyo yombilari bundan dalolat beradi. Yodgorlikni qazish jarayonida nafaqat toshdan ishlangan mehnat qurollari, balki ogʻirlik oʻlchov toshlari, toʻqimachilik dastgohining qismlari ham uchratilgan. Ammo, sarazmliklar kulolchilikda metallurgiya va tosh ga ishlov berishdek yuksaklikka erisha olmaganlar.

Xullas, S. yodgorligi Zarafshon vodiysining eng qad. dehqonchilik madaniyati boʻlib, keyingi asrlardagi Sugʻd oʻlkasida shakllangan shahar madaniyatining ildizlari bir jihatdan shu yodgorlik bilan bogʻliq edi.

Adabiyot[tahrir]

  • Isakov A., Sarazm (K voprosu stanovleniya rannezemledelcheskoy kulturi Zarafshanskoy dolini), Dushanbe, 1991; Isamiddinov M. X., Genezis gorodskoy kulturi Samarqandskogo Sogda, Samarqand, 2000.

Ahmadali Asqarov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil