Uy hayvonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Hamma Uy hayvonlari yovvoyi ajdodlaridan kelib chiqqan, lekin tashqi koʻrinishi, xulqodati, mahsuldorligi bilan yovvoyi hayvonlardan farq qiladi. Bu farqlar odam koʻrsatgan taʼsir natijasidir. Koʻpdankoʻp turga mansub yovvoyi hayvonlarning har xil tip, sinf, turkum, oilaga kiradigan bir qismigina xonakilashtirilgan. Uy hayvonlari ga: qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot, it, mushuk, quyon, tovuq, oʻrdak, gʻoz,kaptar, asalari, ipak qurti va boshqa kiradi. Akvarium va hovuzlarda koʻpaytiriladigan baʼzi baliqlar, ko'rkam qushlar (kanareyka, tovus),misol bo'ladi. Katakda boqilayotgan maral "xoldor bugʻu" tulki, oq tulki, suvsar, nutriya va boshqa yovvoyi hayvonlar ham xonakilashtirilmoqda.

Dastlabki hayvonlar qachon va qayerda xonakilashtirilgani haqida, asosan, arxeologik, paleantalogik maʼlumotlarga qarab xulosa chiqariladi.

Koʻpchilik hayvon zotlari odam ehtiyojiga qarab qoʻlga oʻrgatilgan. Odam dastlab ongsiz, keyinchalik maqsadga muvofiq ravishda hayvonlar mahsuldorligini oshirib bordi. Masalan yovvoyi tovuq yiliga 15 tuxum qilgan, hozir 300—365 ta gacha tuxum qiladigan tovuq zotlari bor; yovvoyi qoramol bir necha yuz kg sut bergan, hozir bir sigirdan oʻrtacha 3500–4000 kg sut sogʻib olinmoqda. Duragaylash, tanlash va saralash, mollarni ilgʻor zootexnika talablariga muvofiq parvarishlash bilan qishloq xoʻjaligi va sanoat talablarini qanoatlantiradigan yangi zotlar yetishtirilmoqda.