Oʻlchovlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻlchovlar — fizik kattaliklarni qayd qilish (aniqlash) ga moʻljallangan oʻlchash vositalari. Massa oʻlchovi (toshlar) yoki hajm oʻlchovi (oʻlchash stakani, silindr va boshqalar) kabi oddiy Oʻ. bilan birga murakkabroq qurilmalar, mas, elektr qarshiligi gʻaltaklari, yorugʻlik oʻlchash lampalari va boshqalar ham Oʻ. jumlasiga kiradi. Oʻ. bir qiymatli (toshlar, oʻlchash kolbalari, induktivlik gʻaltagi va boshqalar) va koʻp qiymatli (shkalali chizgʻich, oʻzgaruvchan hajmli kondensator) boʻladi. Oʻ.ning nominal qiymati deganda Oʻ.da koʻrsatilgan yoki unga yozib qoʻyilgan miqdorlar (mas, 1 kg li tosh), haqiqiy qiymati deganda Oʻ. vositasida aniqlanib, kichik xatoligi hisobga olinmagan miqdorlar tushuniladi.

Oʻ.dan etalon, namuna yoki nusxa sifatida foydalaniladi. Sof yoki hosilaviy xossalarga ega boʻlgan moddalar — toza suv, toza gazlar (vodorod, kislorod), toza metallar (rux, kumush, oltin, platina va boshqalar) alohida Oʻ. mezonini tashkil etadi. Oʻ.ga aniq fizik xossalarga ega boʻlgan standart namunalar (mas, maʼlum tarkibli, qattiqlikli va boshqalar xossali poʻlatlar) ham kiradi.