Monumental sanʼat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monumental sanʼat - nafis sanʼat turi, meʼmoriy (ayrim hollarda tabiiy) muhit bilan uygʻunlikda gʻoyaviy obraz tugalligiga ega boʻladigan asarlar. Monumental sanʼatga haykal va monumentlar, binolarning haykaltaroshlik, rangtasvir, mozaika bezaklari, vitrajlar va boshqa kiradi (ayrim tadqiqotchilar meʼmoriy obidalarni ham Monumental sanʼatga kiritadilar). Meʼmorlik bilan uygʻunlashgan Monumental sanʼat ansamblning asosiy mazmuni yoki shakliga aylanadi (qarang Sanʼatlar sintezi). Binolar tarzi va interyeridagi mavzuli tasvirlar, maydonlardagi haykallar davrning eng umum falsafiy va ijtimoiy gʻoyalarini oʻzida aks ettiradi, buyuk arboblar va muhim voqealarni abadiylashtiradi. Koʻtarinkilik, umumahami-yatga ega gʻoyalarni tasvirlashga intilish asarga ulugʻvorlik va muxim shakl baxsh etadi. Ayrim Monumental sanʼat asarlari meʼmorlikda uning shakliy ifodaliligini oshiradi, devoriy toʻsiqlar, tarzlar va boshqalarning estetik taʼsirchanligini kuchaytiradi.

Monumental sanʼat asarlari buyuk gʻoyaviy mazmuni va ahamiyati bilan ajralib turadi hamda qatʼiy umumlashma shaklga ega boʻlib, uzoq muddatga chidamli xom ashyolardan yaratiladi; omma orasida muxim ijtimoiy gʻoyalarni targʻib qiladi va tarqatadi. Monumental sanʼatning vazifasi ijtimoiy koʻtarilishlar va sanʼat tarakdiyoti davrlarida ortib boradi (mas, Uygʻonish davrida Rafael, Mikelanjelo va boshqalarning freskalari, Temuriylar davrida meʼmoriy obidalar, amaliy sanʼat va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil