Ishlov beruvchi sanoat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ishlov beruvchi sanoat - sanoat va q.x. xom ashyosiga ishlov beruvchi yoki uni qayta ishlovchi sanoat tarmoklari majmui. Mehnat predmetlari bevosita tabiatda boʻlgan undiruvchi (undirma) sanoatdan farqli ravishda I.b.s. da inson mehnati sarflanib yara-tilgan mehnat mahsulotlariga ishlov beriladi. I.b.s.ga qora va rangli me-tallar, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari, mashina va uskunalar, yogʻochni qayta ishlash, sellyuloza-qogʻoz, sement va b. qurilish materiallari, yengil va oziqovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek, sanoat mahsulotlarini taʼmirlash korxonalari kiradi. I.b.s. kengaytirilgan takror i.ch. bazasi boʻlib, ijtimoiy mehnat unumdorligi oʻsishini taʼminlaydi. Jami sanoat mahsulotlari xajmida I.b.s. hissasi mamlakat industrial taraqqiyoti darajasini va sanoat tarmoq tuzilma-sining ilgʻorligini aks ettiradi. Oʻzbekistonda I.b.s. ning paxta tozalash, yogʻ-moy tarmoqlari19-asr ning 2-yarmidan, mashinasozlik, metallga ishlov berish, kimyo, toʻqimachilik tarmoqlari 20-asrning 20—30-y. lardan boshlab barpo etila boshladi.

Rivojlangan davlatlardan AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanadada I.b.s. taraqqiy etgan (qarang Sanoat).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil